

"Siz bu klubni himoya qilayotganingizdan, bu futbolkani kiyganingizdan xursand bo'lishingiz va faxrlanishingiz kerak. "Real" libosi sizni yanada ulug' va kuchliroq qiladi. Maydonga chiqqaningizda, tribunada odamlarni ko'rganingizda, Chempionlar Ligasi va "Real" madhiyalarini eshitganingizda, oyoqlaringizdagi bu og'riqlar unutiladi. Maydonga g'alaba qozonish istagi bilan chiqasiz", – dedi Valverde.
Valverde, shuningdek, YCHLda "Real" bilan qo'lga kiritilgan ikki g'oliblikni esladi. U birinchi chempionlik ko'plab kambeklar tufayli alohida ahamiyatga ega bo'lganini ta'kidladi.
"To'g'risini aytsam, birinchi g'alaba doimo o'zgacha bo'ladi, u sizning xotirangizda abadiy qoladi. Lekin har qanday holatda ham biz doimo g'alabalarga chanqoqmiz, har doim g'alaba qozonishni va titullarni qo'lga kiritishni xohlaymiz", – deya qayd etdi futbolchi.
Bundan tashqari, urugvaylik xavbek ilgari Toni Kroos kiygan 8-raqamni tanlash qarori haqida ham gapirdi.
"Avvaliga rafiqam bilan bu haqda gaplashdim, Toniga hurmat yuzasidan bu raqamni olishni istamadim, chunki u klubda katta iz qoldirdi. Agar menga bog'liq bo'lganida, NBA'dagi kabi uni osib qo'ygan bo'lardim", – dedi Federiko.
"Arsenal"ga qarshi YCHL chorak finalining ilk uchrashuvi 8 aprel kuni, javob o'yini esa 16 aprel kuni tashkil qilinadi. Agar "Real" yarim finalga chiqsa, "Aston Villa" – PSJ o'yini g'olibi bilan to'qnash keladi.



