Fayzullaev manfaatlarini himoya qiluvchi agentlik "Bavariya"ning qiziqishlari haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi
06 fev 2024 21:50
Yangiliklar


Fayzullaev manfaatlarini himoya qiluvchi agentlik "Bavariya"ning qiziqishlari haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi
Moskvaning CSKA jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev ishini yurituvchi ProSports Management kompaniyasining Osiyo loyihalari rahbari Qahhor Mo'minov "Bavariya"ning futbolchiga qiziqishi haqidagi mish-mishlar haqida to'xtaldi.
"Albatta, ko'plab klublarning skautlari Abbosni kuzatib borishmoqda, ko'pchilik qiziqish bildirmoqda. Ammo biz "Bavariya"ning qiziqishi haqida hech narsa bilmaymiz. Asosiysi, hozir u biroz dam olishi va CSKA safiga qo'shilib, mavsumga tayyorgarlik ko'rishi kerak", – dedi Mo'minov.
Avvalroq Rossiya OAV Fayzullaevga "Bavariya" qiziqayotgani haqida yozgandi. SHundan so'ng CSKA va "Bavariya" jamoalari sobiq azosi Ivica Olich 20 yoshli futbolchining darajasi haqida fikr bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar