Abbosbek Fayzullaev: "CSKAga o'tishimni O'zbekistonda barcha salbiy qabul qildi"
29 fev 2024 20:24
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev: "CSKAga o'tishimni O'zbekistonda barcha salbiy qabul qildi"
CSKAning o'zbekistonlik hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev uning "qizil-ko'k"lar lageriga ko'chib o'tishiga vatanidagi munosabat haqida gapirdi.
“CSKAga o'tganimda, O'zbekistonda dastlab barcha salbiy munosabat bildirdi. Hamma kichik jussam tufayli RPLda o'ynay olmasligimni va tezda O'zbekistonga qaytishimni bashorat qilishdi. Ammo vatandoshlarimning bu so'zlari menga faqat turtki berdi.
RPLni "o'lik" liga deb atagan "Paxtakor" murabbiyining so'zlarini o'qidim. Takror aytaman, u shunday munosabat bildirganlardan biri edi. Men u va boshqalar xato qilganini isbotlamoqchiman”, - dedi Fayzullaev.
Eslatib o'tamiz, Fayzullaev o'tgan yozda "Paxtakor"dan Moskva klubiga o'tgandi. Bu davrda u barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar