So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Faxriylar turniri. Birinchi bosqichga start berildi Yangiliklar

Faxriylar turniri. Birinchi bosqichga start berildi

Xabar berib o'tganimizdek, 25 dekabr kuni Toshkentda faxriylar o'rtasida yana bir katta turnir start oldi.

15 yanvarga qadar davom etadigan ushbu musobaqa O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi hamda "14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tashkil qilingan.

Turnir reglamentiga ko'ra, 16ta jamoa qura tashlash orqali 8ta juftlikka bo'lib chiqildi. O'yinlar pley-off tizimida bo'lib o'tyapti va g'olib jamoalar keyingi bosqichga yo'l oladi. 25 dekabr kuni nimchorak finalning dastlabki 4ta o'yini o'tkazildi.  

25 dekabr, shanba

"Sardor Veteran" - "Uzinter" 1:3

"Olmazor" - "Olimp" 5:2

"Burgut" - "SardorUz" 3:3 (penaltilar seriyasi 4:5)

"Evrotim" - "Billur" 0:0 (penaltilar seriyasi 3:4)

Dastlabki 4ta o'yin natijasiga ko'ra, "Uzinter", "Olmazor",  "SardorUz" va "Billur" jamoalari keyingi bosqichga yo'l oldi. 26 dekabr kuni nimchorak finalning yana 4ta uchrashuvi bo'lib o'tadi. 

26 dekabr, yakshanba

9:00. "Spartak" - "Qoraqamish"

10:00. "Polyot" - "Faxr"

11:00. "Metrostroy" - "O'zgarish"

12:00. "Intersport" - "Yunusobod"


O'yinlar "Obod" stadionida o'tkazilmoqda. Musobaqaning ochilish uchrashuvidan oldin asosiy tashkilotchi - O'zbekiston "VETERAN" jangchi faxriylar birlashmasining sport ishlari bo'yicha rais maslahatchisi Nuriddin Boboev so'z olib, jamoalarga omad tiladi. Birinchi o'yin O'zbekiston mustaqilligi yillarida Vatan himoyasi yo'lida halok bo'lgan harbiylar xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqaning bosh tashkilotchisi O'zbekiston "VETERAN" jangchi faxriylar birlashmasi bo'lib, turnir Toshkent shahar futbol associaciyasi, Mudofaa Vazirligining faxriylar ishlari bo'yicha Markaziy kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика