Faxriylar o'rtasida o'tkazilgan “Paxtakor – 79” xotira turniri g'olibi malum
09 avg 2019 22:35
Yangiliklar


Faxriylar o'rtasida o'tkazilgan “Paxtakor – 79” xotira turniri g'olibi malum
Toshkent viloyati futbol associaciyasi va viloyat futbol akademiyasi tashabbusi bilan faxriylar o'rtasida "Paxtakor-79" xotira turniri bo'lib o'tdi.
Jumladan, musobaqaning barcha uchrashuvlarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan Oqqo'rg'on va Yuqorichirchiq tumani jamoalari hal qiluvchi finalda o'zaro to'qnash kelishdi. Unda Yuqorichirchiq tumani vakillari 2:1 hisobida zafar quchib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi.
Uchinchi o'rin uchun kechgan qarama-qarshilikda yangiyo'llik faxriylar CHinoz jamoasini 6:5 hisobida dog'da qoldirishdi.
Qayd etish kerak, ertaga o'smirlar o'rtasidagi "Paxtakor-79" xotira turniri ham o'z nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar