Favr: “Xoland hammasini yakka o'zi hal qila olmaydi”
16 iyu 2020 09:31
Yangiliklar


Favr: “Xoland hammasini yakka o'zi hal qila olmaydi”
“Borussiya D” ustozi jamoa to'purari Erling Xoland haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bazan Erling charchab qolyapti. Hafta ichida bir nechta o'yin bo'lgan vaqtda bu normal holat. U hammasini yakka o'zi bajara olmaydi. U hali o'smoqda. U klub safiga kelib qo'shilgandan beri 2 yoki 3 marta jarohat oldi. SHuning uchun biz uning harakatlarini nazorat qilishimiz kerak. Aks holda hammasi xavfli bo'lishi munmkin. Erling bazan hafta ichida 3 ta o'yinda ishtirok etib bo'lmasligini tushunishi lozim. Ko'plab futbolchilarda mana shuni tushunmaslik borasida muammo bor. Uning mentaliteti menga yoqadi. U har doim maydonda bo'lishni va g'alaba qozonishni istaydi. Erling endigina 19 yoshda va unda katta potencial bor”, — deydi Lyusen Favr.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar