So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  54 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Fatining otasi "Barselona"dan qattiq ranjigan va o'g'lini boshqa klubga olib ketmoqchi Yangiliklar

Fatining otasi "Barselona"dan qattiq ranjigan va o'g'lini boshqa klubga olib ketmoqchi

Ansu Fatining "Barselona"dagi kelajagi so'roq ostida.

Malumotlarga ko'ra, 20 yoshli hujumchining otasi Bori Fati o'g'liga taqdim etilayotgan o'yin vaqtidan norozi va uni boshqa klubga ko'chib o'tishini istaydi. 

"Agarda hammasi menga bog'liq bo'lganida, uni boshqa klubga olib ketardim, lekin u (Ansu) "Barselona"da qolishni istaydi. Ota sifatida meni jaxlim chiqyapti. Ansu bunday kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani asabimga tegmoqda va bazida men murabbiy sifatida emas, ota sifatida o'ylashni, fikrlashni boshlayapman. Men Mateu (Alemani "Barselona" direktorlaridan biri)ga qo'ng'iroq qildim, u bizga Ansu klubning muhim futbolchisi ekanligi, ular o'g'limga to'liq ishonishi va qadrlashini aytdi.

Ota sifatida meni fikrim boshqacharoq, balki men adashayotgandirman. U sizning 10-raqamli o'yinchingiz, u bu raqamni (Lionel) Messidan keyin hech kim olishga jazm eta olmayotganda bajardi. Menga esa ularning o'g'limga nisbatan munosabati butkul yoqmayapti. Men daqiqalarni nazarda tutyapman. Bir daqiqa, ikki, uch… Jarohatdan avval u Grizmann, Dembele va Suares bor tarkibda muhim futbolchi edi. Xop, Ansu asosiy tarkibda o'ynasin demayapman, klubdagi barcha hujumchilar fenomenal darajadaligini bilaman, lekin biz Ispaniya va barselonalik, "La Masiya"dan chiqqan Ansu Fati haqida gapiryapmiz..."

Avvalroq, aynan Bori Fati Tvitterda "Barselona" sahifasini o'qishni to'xtatib, "Bavariya"ga obuna bo'lgani etiborimizni tortgandi.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика