Fati qaysi termada o'ynashini o'zi hal qiladi
22 sen 2019 09:36
Yangiliklar
Fati qaysi termada o'ynashini o'zi hal qiladi
Fati Ispaniya fuqaroligini olgach, ushbu yurt termasi sharafini himoya qilishi mumkin. Ammo Bori o'g'liga Portugaliya termasida o'ynashni maslahat bermoqda. Ansu Fati Gvineya Bisauda tug'ilgan. Bu yurt Portugaliya koloniyasi hisoblanib, 1973 yilda mustaqillikka erishgan.
“Men har doim o'g'lim Portugaliya uchun o'ynashini orzu qilardim. O'ylashimcha, u ham bu haqda o'ylab ko'rgan. Ammo hozir vaziyat biroz murakkablashdi.
Biz Portugaliya futbol federaciyasi kotibi bilan bir necha bor uchrashdik. Ammo keyinchalik ispaniyaliklar tomonidan bizga bosimlar bo'ldi. Menga hattoki Ispaniya futbol federaciyasi prezidenti ham telefon qildi.
Ansu o'zini portugaliyalik deb his qiladi, u ushbu yurt termasida to'p tepishi kerak. O'g'lim “Benfika” futbolchisi Umar Embalo bilan ko'proq muloqot qiladi. Hozir hammasi Ansuning o'z qo'lida, so'nggi qarorni u qabul qiladi” deya Fatining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda A Bola nashri.
Fikrlar