So’nggi yangiliklar

09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  0 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  1 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  2 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1

Farrux Zokirov: "Neftchi"ning natijasidan qoniqdim" Yangiliklar

Farrux Zokirov: "Neftchi"ning natijasidan qoniqdim"

Turnir jadvalining ikkinchi va uchinchi pog'onalarini band qilib borayotgan "Paxtakor" hamda "Neftchi" bu turda chinakam "jang" qilishdi.

"Oltin ochko"lar raqobati deya tariflanayotgan ushbu o'yinlarning birinchi kunida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan bo'lsa, bugungi bahsda kuchlar teng keldi.

Birinchi o'yinda qaraganda, ikkinchi uchrashuvda jamoalar ancha extiyotkor tarzda harakat qilishdi. SHu sababli, zalga yig'ilganlar ilk golni uzoq kutishdi. Raqibni bosim ostiga olgan "Neftchi" ketma-ket hujumlar natijasida hisob ochdi. Xushnur Erkinov aniq zarba bilan "Paxtakor" darvozasini nishonga olgan bo'lsa,  Avazbek Abduvaliev ham juda chiroyli tarzda gol kiritdi. 2:0.

Hisobda ortda borayotgan "Paxtakor" vaziyatni o'nglash yo'llari qidirdi. Toshkentliklar goldan so'ng o'z darvozabonlarini o'yinchiga almashtirib, besh kishi bo'lib harakat qilishni boshlashdi. Goldan so'ng son jihatdan ustunlikka erishgan mehmonlar o'yin borasida ham buning uddasidan chiqishdi va "Neftchi" tomonidan kiritilgan gollarga 2 marta javob qaytarishdi. Hisob tenglashgach, o'yin yanada qizg'in tus oldi. Biroq bu paytga kelib bahs deyarli yakunlanib borayotgan edi va uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi. Yakuniy hisob, 2:2 jangovor durang!
 
 


"Neftchi" - "Paxtakor" (2:2) bahsidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Farrux Zokirov uchrashuv borasida gapirar ekan, nima uchun jamoa g'alaba qozonayotgan pallada yakuniy natija durang bo'lgani borasida fikr bildirdi

- 2:0 hisobida g'alaba qozonib turgandik. "Paxtakor" bahsni besh kishi bo'lib davom ettirishga tushdi. SHuning uchun himoyaga o'tishga majbur bo'ldik, - deya fikr bildirdi Zokirov

- Kecha  "Neftchi" mag'lubiyatdan g'alaba sari intilgandi. Bugun tayyor g'alaba qo'ldan chiqdi. Nima etishmadi ?

- Biz uchinchi golni ham urishimiz kerak edi. Agar yana bir marta raqib darvozasini ishg'ol qilganimizda vaziyatni bemalol nazorat qilib, o'yinni yakunlardik. Futzalda 5 daqiqa ichida 2 ta to'p farqi bu xech narsani hal qilmaydi. Jangovor o'yin bo'ldi.

- "Paxtakor" bilan Farg'onada bitta g'alaba va durang qayd etildi. Natijadan qoniqdingizmi ?

- Ha. "Paxtakor" bilan bo'lib o'tgan o'yindagi natijalardan qoniqish hosil qildim.

- "Neftchi" peshqadamlarni mag'lub etmoqda. Bu yigitlar ruhiy ustunlik beradi. To'g'rimi?

- SHubhasiz! Turnir jadvalida bizdan oldida borayotgan jamoadan ikki o'yinda 4 ochko olyapmiz. Buni yutuq deyish mumkin. Keyingi o'yinlarimiz safarga to'g'ri kelyapti. Ushbu o'yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz. SHu o'rinda, o'yin uchun  shogirdlarimga rahmat!

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика