So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Farrux Sayfiev: "Eren Derdiyok jamoamizni tark etdi" Yangiliklar

Farrux Sayfiev: "Eren Derdiyok jamoamizni tark etdi"

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Superliganing 6-tur qoldirilgan o'yinida o'z maydonida "Andijon"ni qabul qildi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Paxtakor"ning tajribali futbolchisi Farrux Sayfievning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Andijon" bilan uchrashuvdan oldin ko'pchilik "Paxtakor"ning oson yutishini taxmin qilgandi...

- O'yinni yaxshi boshladik. Tezkor gol urib olganimizdan so'ng biroz bo'shashish kuzatildi. Bu - futbol. Bunday holatlar bo'lib turadi. Asosiysi g'alabani qo'lga kiritdik. SHunga qaramasdan to'xtab qolishimiz kerak emas. Turnir jadvalida "So'g'diyona" bilan ochkolarimiz orasida farq kichik. Qolgan o'yinlarda bo'shashishga haqqimiz yo'q. 

- Nima uchundir pastki o'rinlardagi jamoalar qolganlarga nisbatan juda qattiq karshilik ko'rsata olmoqda. "Andijon" ham so'nggi daqiqagacha kurashdi...

- Nafaqat "Andijon", balki barcha jamoalar bizga qarshi bor kuchi bilan o'ynamoqda. 

-  Oldinlari Jaloliddin Masharipov bilan juda yaxshi kelishib o'ynar edingiz. Biroq hozirda oldingi chiziq vakillari bilan biroz tushunmovchilik kuzatilayotgandek...

- Jalol bilan 3 yil birga to'p tepdik. To'pni qabul qilib olganimizda qaerga ochilishni, qaysi joyga to'pni oshirishni muammosiz bilar edik. Hozirda esa uning yo'qligi sezilmoqda. 

- SHu narsa terma jamoamizda ham etishmadi. Vadim Abramovning sizni olib ketmagani hali ham etirozlarga sabab bo'lmoqda...

- Turkmaniston bilan o'yindan so'ng Vadim Karlenovich qolishimni aytgandi. Kimni olib ketish yoki qoldirishni bosh murabbiy hal qiladi. SHunga qarab u natijaga javob beradi. 

- SHota Arveladzening O'zbekiston terma jamoasiga murabbiy bo'lishiga qanday qaraysiz? 

- SHota Yustinovich har tomonlama yaxshi inson va murabbiy. Hurmatga loyiq inson, deb bilaman. Futbolimizga shunday murabbiylar kerak.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика