Farrux Nurliboev: "G'alabada muxlislarning hissasi katta"
04 apr 2016 15:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203640_original.jpg)
![](/upload/storage/203640_220.jpg)
Farrux Nurliboev: "G'alabada muxlislarning hissasi katta"
O'yindan so'ng mezbonlar azosi Farrux Nurliboevning fikrlari bilan qiziqdik.
- "Nasaf-2"ga qarshi o'yin mavsumning ilk uchrashuvi bo'lgani tufayli biroz "og'ir" o'tdi. Qolaversa, raqibning yaxshi jamoa sifatida shakllanganini ham aytib o'tish joiz. Uchrashuvdan oldin bizda biroz havotir va hayajon bo'ldi, ammo maydonga tushganimizda barchasi engib o'tdik. Hayajonga sabab, Haqqulobodga 18 yil deganda katta futbol qaytgani tufayli stadion muxlislar bilan to'lib toshgandi, o'z ishqibozlarimiz ko'z o'ngida mazmunli o'yin namoyish qilishimiz shart edi. Birinchi bahsda bizni durang ham qoniqtirmasdi.
Garchi birinchi rasmiy o'yinimiz bo'lsa-da, futbolchilarda bir-birlarini tushunish borasida muammo bo'lgani yo'q. Barchamiz murabbiylarimiz tomonidan qo'yilgan vazifani to'liq bajarib, g'alaba qozondik. Kuchli raqibga qarshi o'ynagan bo'lsak-da, ularni har tomonlama mag'lub eta oldik. Aytish kerak, kechagi g'alabada butun uchrashuvda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarning hissasi beqiyos.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar