So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Farrux Ikromov: "Hammaga ham birdek yoqishning iloji yo'q" Yangiliklar

Farrux Ikromov: "Hammaga ham birdek yoqishning iloji yo'q"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 12-turida "Surxon"ni yirik 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu uchrashuvda jamoaning tezkor futbolchilaridan biri Farrux Ikromov dubl qayd etdi hamda jamoadoshining bitta goliga assistentlik qildi. Yakunda futbolchi saytimiz tomonidan tur ramziy terma jamoasiga kiritildi va 12-turning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Biz esa Farrux Ikromovning fikrlarini tingladik.

"Surxon" yaxshi jamoa. Lekin shu kuni omad biz tomonda bo'ldi, deb o'ylayman. Avvalgi uchrashuvlardan farqli ravishda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandik. Bizga g'alaba suv va havodek zarur edi. "Qizilqum" bilan bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng ochkolarimiz va turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshi, deb bo'lmasdi. "Surxon"ni mag'lubiyatga uchratib, bu boradagi ko'rsatkichlarimizni biroz bo'lsa-da, yaxshilab oldik.

Superligada hech bir jamoa oson o'yin berayotgani yo'q. Raqiblar ham biz kabi astoydil kurashmoqda. Har bir jamoa kuchli tomonidan foydalanyapti. Navoiydagi mag'lubiyat bizga va murabbiyimizga juda qattiq tasir qilgandi. SHu bois g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va xohish ikki karra yuqori edi. 

Har bir futbolchi o'yindan o'yinga o'sib boradi. Hammaga birdek yoqishning iloji yo'q. Lekin maydonda imkoniyatim boricha o'ynamoqdaman. Kamchiliklarimni to'ldirishga harakat qilaman. Xatolarim ustida ishlashdan to'xtamayman", – deydi Farrux Ikromov. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика