So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Farruh Zokirov: “Farg'onada avvaldan futzal yaxshi rivojlanib kelgan“ Yangiliklar

Farruh Zokirov: “Farg'onada avvaldan futzal yaxshi rivojlanib kelgan“

So'nggi yillarda sportning futzal turi mamlakatimizda keng tarzda rivojlanib bormoqda.

O'zPFLning Super liga klublari uchun qo'ygan yangi talablari tarkibida futzal jamoasining mavjud bo'lishi borasidagi bandning keltirilishini ham aytib o'tish o'rinlidir. “Neftchi” PFKda esa ancha yillardan beri futzal jamoasi shakllanib kelgan. Ayni paytda Farruh Zokirov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” futzalchilari yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Kuni kecha futzalchilarimiz bosh murabbiyidan klub rasmiy sayti uchun intervyu oldik.

– Haqiqatdan ham yaqin yillar ichida futzalning rivojlanishi uchun xukumat tomonidan keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda, – deb gap boshladi Zokirov.

 
– O'zbekiston futzal terma jamoasini bir qator yirik xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgani ham futzalning rivojlanishidan dalolat beradi. Umuman olganda, futzal va futbol bir-biriga chambarchas bog'liq deb o'ylayman. Farg'onada iqtidorli futzalchilar ko'plab topiladi. Undan tashqari ayni paytda “Neftchi”ga jalb qilingan yigitlar ko'p yillardan beri mamlakat chempionatida ishtirok etib kelayotgan tajribali futzalchilar hisoblanadi.

 

Mana ko'rib turganingizdek, yangi mavsum oldidan bir qator yig'inlar tashkillab, farg'onaliklar iqtidorli yoshlarni ham ko'zdan kechiryapmiz. Barchaga yaxshi malumki, Farg'onada avvaldan futzal barqaror rivojlanib kelgan. Bizda futzal bo'yicha klubning selekcioner murabbiylari xavaskorlar o'rtasidagi turnirlarni kuzatib borishadi. CHunki xavaskor jamoalar ichida ham iqtidorli o'yinchilar ko'plab topiladi hamda ularni sportning mazkur turiga yanada professional daraja yondoshishlari uchun ko'mak berishga harakat qilamiz, – deb fikrlarini yaunladi Farruh Zokirov.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика