Farruh Sayfiev: "Paxtakor" oddiy jamoa bo'lib qolgan? Natija barchasini aytib turibdi"
07 noy 2021 18:51
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "Paxtakor" oddiy jamoa bo'lib qolgan? Natija barchasini aytib turibdi"
Mavsum davomida jamoasining muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo'shgan Farruh Sayfievga mikrafon tutdik.
"Hozirda oson o'yinlar qolmagan. Biz uchun barcha uchrashuvlar qiyin o'tdi. Jamoalar "Paxtakor"ga qarshi qanday o'ynashini bilasiz. Barchani chempionlik bilan tabriklayman",- deydi Farruh Sayfiev.
- "Paxtakor" oddiy jamoa bo'lib qoldi, ulardan hech qo'rqmay o'ynaydi, degan fikrlarga qanday qaraysiz?
- Bunday gaplarga qo'shilmayman. Natija barchasini aytib turibdi. CHempionatimizda oddiy o'yinlar qolmagan. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar uchun qanday kurash ketayotganini qarang. Oxirgi turlarda "Andijon", "Surxon" ham o'yinini kuchaytirdi. O'zbekiston kubogi uchun maksimal harakat qilamiz. SHuningdek mavsumning qolgan ikkita bahsini munosib yakunlashga intilamiz.
Fikrlar