Farruh Sayfiev "Navbahor" bilan o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi
10 may 2019 11:30
Yangiliklar


Farruh Sayfiev "Navbahor" bilan o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi
"Paxtakor" himoyachisi "Navbahor" bilan 8-tur o'yinidan avval bo'lajak bahs xususida fikrlarini bildirdi.
- Bellashuvga yaxshi hozirlik ko'ryapmiz. CHempionlar Ligasi bahsidan keyin yana mashg'ulotlarga qaytdik. Tarkibdagi yigitlar bilan yana bir muhim to'qnashuvga tayyorgarlik olib boryapmiz. Barcha yaxshi kayfiyatda mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
"Navbahor" yaxshi shakllangan jamoa. SHu sababli o'yin biz uchun oson bo'lmaydi deb o'ylayman. Biz doimgidek har bir uchrashuvda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Nasib qilsa, muxlislarimizni chiroyli futbol va g'alaba bilan xursand eta olamiz deb umid qilaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar