Farruh Sayfiev: "Nasaf" shu tarkibi bilan ham ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'la oladi"
06 mar 2021 22:17
Yangiliklar


Farruh Sayfiev: "Nasaf" shu tarkibi bilan ham ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'la oladi"
O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Paxtakor"– "Nasaf" o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng g'olib jamoa futbolchisi Farruh Sayfiev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Albatta, sovrin yutish har doim yoqimli. Kuchli raqibga qarshi uynadik. Ximoyada tartibli harakat qildik, deb bemalol ayta olaman. Vaziyatdan foydalandik va gol urdik. Superliga birinchi turida Qarshida bizni ancha qiyin uyin kutmoqda. "Nasaf" shu tarkibi bilan ham ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'la oladi. Tarkibda ishtiyoqi baland, yosh futbolchilar yig'ilgan. Ro'ziqul Berdiev yoshlarni qanday uynatishni biladigan kuchli murabbiy sanaladi.
Uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman", – deydi Sayfiev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar