Farruh Sayfiev: "Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz, "Lokomotiv"ga omad"
16 mar 2019 23:20
Yangiliklar


Farruh Sayfiev: "Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz, "Lokomotiv"ga omad"
"Paxtakor" futbolchisi Farruh Sayfiev "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.
- Derbi har doim qiziqarli bo'lib kelgan. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Asosiy maqsadimiz - chempionlik. "Lokomotiv"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.
- Ushbu g'alaba chempionlik sari tashlangan muhim qadamlardan birimi?
- Bunday hisoblamayman. CHempionat endi boshlandi. Bu bor-yo'g'i birinchi o'yin. Musobaqa hali uzoq davom etadi. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz.
Aziz To'xtamurodov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar