So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

Farruh Pardaev: "Neftgazmontaj" Pro ligaga chiqishga mutlaqo tayyor" Yangiliklar

Farruh Pardaev: "Neftgazmontaj" Pro ligaga chiqishga mutlaqo tayyor"

Birinchi liga ishtirokchisi "Neftgazmontaj" futbolchisi Farruh Pardaev chempionatdagi debyut mavsum, ortda qolgan uchrashuvlar borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Neftgazmontaj" jamoasining birinchi davradagi ishtiroki haqida fikrlaringiz qanday ? Qanday xulosalar yuzaga keldi?

- Avvalo suhbatga taklif qilganingiz uchun tashakkur. Jamoamiz joriy yilda Birinchi ligada debyut mavsumini o'tkazmoqda. Bundan juda ham xursandman. Birinchi davradan qiziqarli taassurotlar qoldi. Nomdor raqiblarni mag'lubiyatga uchratdik. SHunday xulosaga keldikki, bunday g'alabalardan so'ng aslo bo'shashish kerak emasakan. 

- Jamoa kuchli raqiblar bilan o'yinda o'zini ko'rsata oldi. "Zomin"," G'ijduvon"ni yutdi. Lekin "Lochin"," CHig'atoy", "Xotira-79" kabi jamoalar bilan o'yinlarda mag'lub bo'ldi. Bu borada nima deya olasiz ? 

- "Zomin" va "G'ijduvon"ga qarshi uchrashuvlar oson o'tgani yo'q. Mazkur o'yinlarda xarakter ko'rsata oldik. Raqibdan ustun keldik. Bazi bir o'yinlarda natijalarimiz ko'ngildagidek bo'lmadi. Muhim uch ochkolarni yo'qotdik. Alamli duranglar bo'ldi. Mag'lubiyatga uchragan o'yinlarimizda etibor bergan bo'lsangiz, vaziyatlar yaratish va o'yin borasida katta ustunlikka ega chiqdik. Har bir o'yinda o'rtacha 2tadan gol urmoqdamiz. Hujum chizig'imiz juda ham kuchli, deya olaman. SHuningdek omad ham bizdan yuz o'girdi. Endilikda astoydil ishlaymiz.

- Klub Pro ligaga chiqishga qay darajada tayyor?

- Menimcha, jamoa Pro ligaga chiqishga mutlaqo tayyor. SHaxsan men klubga shu maqsadda kelganman. Xudo xohlasa ikkinchi davrani ko'tarinki ruhda o'tkazib murabbiy va muxlislarimizni ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Yuqori o'rinlarni egallab Pro ligaga yo'llanma olamiz.

- Ayni paytda boshqa jamoalardan takliflar bormi?

- Hozir takliflar bo'lmadi. Bor etiborim faqat jamoamga qaratilgan. Maqsad ikkinchi davrani maksimum darajada o'tkazish. Keyinchalik qolganini o'ylab ko'rsa bo'ladi.

- Birinchi davraning eng yaxshi va eng yomon o'yini qaysi?

- Jamoamiz barcha uchrashuvlarni alo darajada o'tkazdi. Eng yodda qolgan o'yin mehmonda "G'ijduvon"ga qarshi kechdi.Ushbu bahsda murabbiylarimizning ko'rsatmalarini bajarganimiz hisobiga g'alaba qozondik. Eng alamlisi o'z maydonimizda  "CHig'atoy"ga yutqazganimiz bo'lsa kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика