Farruh Ikromov Rimdagi "Villa Styuart" klinikasida jarrohlik amaliyotini o'taydi
19 sen 2021 22:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/658824_original.jpg)
![](/upload/storage/658824_220.jpg)
Farruh Ikromov Rimdagi "Villa Styuart" klinikasida jarrohlik amaliyotini o'taydi
O'zbekiston terma jamoasining SHveciyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Farruh Ikromov jarohat olib, maydonni tark etgandi. Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jiddiyroq ekani va jarrohlik amaliyoti talab etilishi malum bo'ldi.
Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Farruh Ikromovning xonadonida bo'lib, futbolchining salomatligi va ahvolidan xabar olishdi.
O'FA tomonidan futbolchining tezroq sog'ayib, safga qo'shilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi malum qilindi. SHu o'rinda takidlash kerak, O'zbekiston futbol associaciyasi Farruh Ikromovni davolashga Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Paolo Marianini jalb etdi.
23 sentyabr kuni Ikromov Italiya poytaxti Rimga, "Villa Styuart" klinikasiga yo'l oladi va u erda professor Mariani tomonidan operaciya qilinadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar