So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Farqlar qisqarmoqda: A Seriya 11-tur uchrashuvlari yakunlari Yangiliklar

Farqlar qisqarmoqda: A Seriya 11-tur uchrashuvlari yakunlari

Italiya chempionatida 11-tur o'yinlari ortda qoldi.

"Yuventus" "Empoli"ni taslim etdi

"Keksa sinora" ilk soniyalardan hujumga tashlandi va raqib himoyasiga bosim uyushtira boshladi. Natijada, 8-daqiqadayoq to'p darvoza to'riga borib tushdi. Kostich qanotdan ajoyib uzatmani amalga oshirdi, Moyze Kin esa kerakli joyda, kerakli vaqtda paydo bo'ldi. Ko'p o'tmay, hujumchi Makkenining uzatmasidan keyin zarba berdi, ammo to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. "Empoli"da ham imkoniyat bo'ldi. Rikoshet natijasida to'p Bandinelliga borib tushdi, lekin uning urinishi qovushmadi va SHensni xavfni bartaraf etdi. "Empoli" ham imkon bo'ldi deguncha, qo'rqmay oldinga borardi. Pyaca qanotdan amalga oshirilgan uzatmadan keyin sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi.

Tanaffusdan keyin "keksa sinora" hujum qilishdan to'xtamadi va 10 daqiqa o'tib, yana gol urdi. Kuadradoning burchakdan uzatgan to'piga Uinston Makkkeni boshi bilan yaxshi zarba yo'lladi. "Yuventus" o'z o'yinini topib olgan va to'xtash niyatida emasdi. Uzoq masofadan Kostich zarba berib ko'rdi, keyin Moyze Kin himoyachini "zamax"da chalg'itib, zarba yo'lladi — biroz noaniq. SHu kecha "Empoli" yirik hisobda yutqazishi taqdir ekan. Boshqa qanotdan Kuadrado ijrosidagi burchak zarbasidan keyin endi Rabo aniq zarba berdi. Mirettida ham zo'r imkoniyat bo'lgandi, lekin himoyachini dog'da qoldirgan futbolchiga Vikario to'pga tashlanib, qarshilik qildi. SHunday bo'lsada, "keksa sinora" oxirgi daqiqalarda yana bitta gol urdi. Daniloning ideal uzatmasidan keyin Rabo bo'sh qolgan darvoza qarshisida qolib ketdi. "Yuventus" chempionatdagi vaziyatni o'nglamoqda, ammo ECHLda...


"Milan" "Monca"ni ayab o'tirmadi

O'yin starti teng kurashlar ostida o'tdi va ancha vaqtgacha hech kim gol ura olmadi. Bu sukunatni Braim Dias buzib yubordi. Maydon markazida darvozabondan to'pni qabul qilgan Dias raqib darvozasi tomon qarab bordi va to'pni darvozabonning yonidan o'tkazishni uddaladi. Bu ispaniyalikning mavsumdagi shunday usuldagi 2-goli. Gol o'tkazib yuborgach, "Monca" hujumga jiddiyroq etibor qarata boshladi. Dani Karvaloning boshda bergan zarbasidan keyin Tatarushanu jamoasini qutqarib qoldi. "Milan" ham hujum haqida butkul unutib qo'ygani yo'q. Origi ayniqsa faol edi. Avvaliga belgiyalik jarima maydonchasi ichida bir aylanib olib, zarba yo'lladi. Taym oxiriga yaqin esa u qanotdan to'pni Diasga uzatdi va ispaniyalik bir raqibini dog'da qoldirib, dublni rasmsiylashtirdi.



Ispaniyalik nafaqat o'zi zarba berardi, balki sheriklari uchun ham vaziyat yaratishda jonbozlik ko'rsatardi. Avvaliga Rebich shu kabi imkoniyatga ega bo'ldi, ammo kiperni alday olmadi. Origi esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi. Mesyasdan to'pni qabul qilgan hujumchi jarima maydonchasiga kirmay, darvoza to'qqizligini nishonga oldi. Bu futbolchi uchun "Milan" safidagi birinchi gol bo'ldi. "Monca" taslim bo'lish niyatida emasdi va o'z goliga etdi. Filippo Ranokkya chamasi 30 metrlar masofadan jarima zarbasini amalga oshirib, amaldagi chempion darvozasini ishg'ol etdi. Kim biladi deysiz, balki Bondoning xatosi bo'lmaganida barchasi biroz boshqacharoq bo'larmidi? U oddiy vaziyatda to'pni yo'qotdi va Teo qanotdan katta tezlikda oldinga o'tib borib, Rafael Leaoni ko'rdi, portugaliyalik futbolchi esa ayyorona zarbasi bilan yakuniy hisobni o'rnatdi. "Rossoneri" turinliklardan farqli ravishda CHempionlar Ligasida ham vaziyatini ancha o'nglab olishga ulgurdi.


"Napoli" "Roma"ni engdi

"Jalorossi" o'yinni faolroq boshladi va o'yin tizginini o'z qo'liga olishga, vaziyatlar yaratishga urindi. Ulardan eng xaflisi Zanolo ijrosida bo'ldi, ammo biroz noaniq. "Napoli" bunga Zelinskining uzoq masofadan yo'llangan zarbasi bilan javob berdi. Birozdan so'ng Ndombele birga-bir vaziyatga chiqib bordi, Ruy Patrisio katta qiyinchilik bilan jamoasini o'tkazib yuborilgan goldan qutqarib qoldi. Birinchi bo'limning dastlabki qismida "Roma" himoyada tartibli o'ynashga katta etibor qaratdi.

"Napoli" tanaffusdan keyin ham omadini hujumdan izlashda davom etdi. Avvaliga Ruy Patrisio to'qqizlikdan Politanoning ayyor zarbasidan keyin to'pni qaytardi, keyin Osimxenning pasidan so'ng Juan Jezus qulay vaziyatdan sobiq jamoasini ranjitishga yaqin keldi. Bosim davom etdi. Lozano ajoyib harakat bilan Osimxenga vaziyat yaratdi, ammo hujumchi o'tkir burchakdan nishonga ola bilmadi. Neapolliklarning bosimi oxiri o'z so'zini aytdi. Politano maydonning jamoasi tomonidan to'pni oldindagi Osimxenga tashlab berdi, Viktor Smolling bilan kurashda ustun kelib, hisobni o'zgartirdi. Mourino "Roma"si esa ilk daqiqalardagi faollik aldamchi bo'lganini bildirib qo'ydi va uyog'iga raqib himoyasini chinakamiga bezovta qila olmadi. "Napoli" etakchilikni saqlab turibdi va bazi taqibchilardan "qocha" boshladi.


"Lacio" "Atalanta"dan kuchliroq

"Burgutlar" darhol ustunlikni o'z tomonlariga og'dirib olishdi, 10-daqiqada Milinkovich-Savich to'pni qanotdagi Pedroga uzatdi, u jarima maydonidagi Cakanyani ko'rdi va Mattia mo'ljalda adashmadi. Ko'p o'tmay, deyarli xuddi shunday hujum Vesinoning goli bilan yakunlanishi mumkin edi. Pedroning uzatmasidan keyin yarim himoyachi o'zi istagandek zarba berishni ilojini topa olmadi. "Atalanta" esa 1-bo'limda hujumda aytarli hech nima qila olmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan Adam Marushich 35 metrlar masofadan to'pni aylanma zarba berdi, bergamolilkar golkiperi darvozasini qutqarishi oson bo'lmadi. CHernogoriyalik futbolchi ancha faol edi va aynan u "burgutlar"ning 2-golini tashkillashtirib berdi. Marushich qanotdan oldinga o'tdi va to'pni Felipe Andersonga uzatdi, tajribali futbolchi esa ortiqcha muammolarga duch kelmadi. "Burgutlar" hisobni yirik ko'rinish olishiga erishishi mumkin edi. Cakanyaning zarbasidan keyin Sportello katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. "Atalanta"ning esa shu kuni o'yini umuman o'xshamadi. Gasperini jamoasi o'yini borasida jiddiy bosh qotirishi talab qilinadi. "Lacio" esa g'alaba tufayli, aynan "Atalanta"ni musobaqa jadvalida ortda qoldirdi va uchlikka kirib oldi.

SHuningdek, "Torino" "Udineze"ni, "Bolonya" "Lechche"ni mag'lub etdi, "Speciya" esa "Salernitana"ga imkoniyatni boy berdi. 


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика