So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  3 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

FARQ. SHarhlovchilar qancha topadi? Yangiliklar

FARQ. SHarhlovchilar qancha topadi?

Futbolda sharhlovchilarning o'rni bo'lakcha. Ular o'yin jozibasiga futbolchilardan kam tasir qilishmaydi.

Bu yo'nalishni tanlagan kishi vaqti-vaqti bilan tanqid, haqoratlar yomg'iriga dosh berishi kerak. Har qancha xolis bo'lmang, mag'lub jamoa muxlislariga raqibdek ko'rinasiz. Ayni paytda xalq orasida mashhurlashib, minglab muxlislar orttirishingiz mumkin. Ko'pchilik sizning jonli efirlar orqali yaxshigina pul topishingizga ishonadi...

Aslida ham "kommentatorlik" serdaromad sohami? Bugun shu savolga turli mamlakatlar misolida javob topamiz. 

Rossiya Federaciyasi

Yaqindagina "MatchTV" xodimlarining oylik maoshlari elon qilindi. CHempionlar Ligasining oxirgi finalini rus tilida sharhlagan Georgiy CHerdancev 30 kunda 1,1 mln rubl (207 mln so'm) ishlab topar ekan. Telekanal sharhlovchilari orasida eng kam gonorar RPL bahslarida ishlaydigan Dmitriy Bajanovga tegishli (1200$).

Turkiya

Bu mamlakatda sport sharhlovchilarining oylik daromadi (o'rta hisobda) 1700-2000 dollar atrofida. Ammo telekanallarning reytingiga ko'ra bu raqam yuksalib boraveradi. Turkiyada futbol ekspertlari alohida qadrlanadi. Ular yiliga 2 mln dollargacha ishlab topishlari mumkin.

Angliya

Garri Linekerning BBCda faoliyat yuritishini bilasiz. Ingliz futboli afsonasi qatorasiga 5-yil telekanalning eng ko'p maosh oluvchi yulduziga aylandi — 1,36 mln funt. Kovid pandemiyasiga qadar uning yillik daromadi 1,75 mln funt edi.

Qozog'iston

Qo'shnilarimizning mashhur kommentatorlari o'yin boshiga beriladigan bonus va gonorarlardan tashqari oyiga o'rtacha 1000 dollar atrofida maosh olishadi.

Germaniya 

Nemis sharhlovchilari mundialning 1 o'yini uchun 3 ming evrogacha gonorar oladi. Telekanallarda ekspert sifatida faoliyat yuritadigan sobiq futbol yulduzlarining yillik daromadi 2 mln evro atrofida.

Amerika esa boshqalardan ancha oldinda. CBS Sports Radio'da faoliyat yuritadigan Jim Roum yiliga 30 mln dollar topadi.

O'zbekiston

Yuksak raqamlar bilan davom etamiz. Bizda eng mashhur sport sharhlovchilari 1ta o'yin uchun o'rtacha 18-27 dollar atrofida gonorar olishadi (So'mga chaqsak, 200-300 ming degani).

Holatni yaxshiroq tushunishingiz uchun solishtiramiz. Davron Fayziev yoki Xayrulla Hamidov 1 oyda 15ta top darajadagi uchrashuvda ishlagan taqdirda ham, CHerdancevga nisbatan 45 marta kamroq daromad qilishadi...

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика