So’nggi yangiliklar

09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  8 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  1 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1

Farq o'smoqda: A Seriya 24-tur yakunlari Yangiliklar

Farq o'smoqda: A Seriya 24-tur yakunlari

Teglar :  Italiya A Seriyasi
Italiya A Seriyasi 24-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Inter" "Yuventus" mag'lub etdi

Kutilganidek ikki jamoa ham o'yinni ehtiyotkorlik bilan boshladi, ammo kichik bo'lsa ham ustunlik "qora-ko'klar" tomonda edi, ilk vaziyat ham ularda yuzaga keldi. Dimarko Barellaning uzatmasidan so'ng ko'ngildagidek zarba bera olmadi. Dimarkoning zarbasidan so'ng ajoyib imkoniyat Tyuramda yuzaga keldi, Bremer bir amallab to'pni francuzning oyog'idan olib qo'yishga ulgurdi. Yakunda "Inter"ning ustunligi golga olib keldi, Barella to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Pavar esa unga havodan zarba bera olmadi, Gatti esa Tyuram bilan kurash paytida to'pni ko'kragi bilan o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi. "Yuventus" tanaffusga qadar hech narsa yarata olmadi.

"Keksa sinora" 2-taymda faolroq o'ynadi, ammo bu ketma-ket "Inter"ning hujumlariga olib keldi. Ularning birida Dimarkoda yaxshi imkoniyat bo'ldi, ammo italiyalikning zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. Tez orada CHalxanoglu xavfli, ammo noaniq zarba berdi. "Yuventus"dagi eng xavfli vaziyat standartdan so'ng tug'ildi, Vlaxovichning qaychi uslubida bergan zarba darvoza yuqorisidan o'tib ketdi. Tez orada ajoyib imkoniyat Gattida bo'ldi, uning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. "Yuventus" tashabbusni o'z qo'liga oladigandek ko'rindi, ammo "Yuventus" ushbu vaziyatda qatiyroq o'ynadi va bir nechta xavfli vaziyatlarni sodir etdi. "Yuventus"ni avvaliga Barellaning havolatib tepgan to'pini qaytargan, so'ngra aqlbovarqilmas sakrash bilan Dyumfrisning yo'llagan to'pidan so'ng Arnautovichning zarbasini qaytargan SHensni qutqardi. "Bnkoneri"da finaldagi shturm uchun kuch etmadi, "Inter" esa jadvaldagi farqni oshirdi.

Inter

Federico Gatti - 37'

Serie A . 23-tur

04/02/2024, 23:45

0
:
1
Tugadi

Juventus

Stadion: Giuseppe Meazza, 75547 tomoshabin

Bosh hakam: Fabio Maresca

45'
90'
37'  Federico Gatti
51'  Henrikh Mkhitaryan
73'  Federico Dimarco (Carlos Augusto)
73'  Matteo Darmian (Denzel Dumfries)
77'  Marcus Thuram
77'  Marcus Thuram (Marko Arnautovic)
79'  Simone Inzaghi
89'  Alessandro Bastoni (Stefan de Vrij)
89'  Nicolo Barella (Davy Klaassen)
19'  Dusan Vlahovic
33'  Danilo
66'  Kenan Yildiz (Federico Chiesa)
66'  Filip Kostic (Timothy Weah)
88'  Gleison Bremer
88'  Andrea Cambiaso (Fabio Miretti)
88'  Federico Gatti (Alex Sandro)
90'  Weston McKennie (Carlos Alcaraz)



"Napoli" "Verona"dan ustun keldi

Xvichaning qaytgani birdan ko'zga tashlandi. O'yin boshida gruziyalik hujumkor futbolchi juda faol bo'ldi va bir nechta xavfli zarba berdi. Ammo, o'yin asta-sekinlik bilan sokinlashdi, "Verona" mezbonlarning hujumlarini maydon markazida bartaraf etdi, "Napoli" esa nimadir o'ylab topa olmadi, shunday ekan taymning ikkinchi qismida vaziyatlar yuzaga kelmadi.

"Verona" tanaffusdan so'ng qiziqarliroq o'ynadi va amaldagi chempion darvozasiga ko'proq xavf sola boshladi. Ayniqsa Suslov faol bo'ldi, uning uzoqdan bergan zarbasini Gollini qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Montipo ham ishsiz qolib ketmadi, u Simeonening yaqindan bergan zarbasini bartaraf etgan holda jamoasini goldan qutqarib qoldi. Oxir-oqibat gol sodir bo'ldi. Suslov jarima zarbasini ajoyib ijro etdi, Kopolla esa boshi bilan to'pni burchakka joylab qo'ydi. "Napoli" darhol to'p kiritishi mumkin edi, Montipo avvaliga Raspadorining zarbasini qaytardi, shundan so'ng Lindstremning to'pni kiritishiga qarshilik qildi. Ammo, amaldagi chempionlarning bosimi baribir ish berdi, Lindstrem burchak to'pidan Ngonjani to'p bilan taminladi, u esa to'pni bir teginish bilan darvozaga kiritdi, u oldingi oyda ham shunaqa to'p kiritgandi. "Napoli" to'xtash haqida o'ylamadi ham, Xvicha to'pni ajoyib tarzda Simeonega uzatdi, ammo Jovanni Montiponi alday olmadi. Darvozabon qahramonlarcha jamoasiga durangni taqdim eta olmadi, o'yin so'nggiga yaqin Xvicha to'pni to'qqizlikka yo'lladi. O'yin so'nggida "Napoli" jarima maydonchasi ichida Sviderski yiqildi va bu ko'plab bahslarga sabab bo'ldi, ammo penalti qayd etilmadi, "Napoli" esa oxir-oqibat A Seriyani yutishning uddasidan chiqdi.

SSC Napoli

Pawel Dawidowicz - 79', Khvicha Kvaratskhelia - 87'

Serie A . 23-tur

04/02/2024, 18:00

1
:
2
Tugadi

Hellas Verona

Diego Coppola - 72'

Stadion: Diego Armando Maradona, 40000 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Piccinini

45'
90'
46'  Mario Rui
52'  Mario Rui (Pasquale Mazzocchi)
62'  Matteo Politano (Jesper Lindstroem)
62'  Jens-Lys Cajuste (Cyril Ngonge)
66'  Jesper Lindstroem
76'  Stanislav Lobotka
79'  Pawel Dawidowicz
85'  Stanislav Lobotka (Leander Dendoncker)
85'  Giovanni Simeone (Giacomo Raspadori)
87'  Khvicha Kvaratskhelia
87'  Pasquale Mazzocchi
33'  Diego Coppola
37'  Marco Baroni
54'  Tomas Suslov
60'  Tijjani Noslin (Karol Swiderski)
72'  Diego Coppola
72'  Tomas Suslov
81'  Darko Lazovic (Ruben Vinagre)
82'  Tomas Suslov (Daniel Silva)
85'  Diego Coppola (Giangiacomo Magnani)
86'  Ondrej Duda (Elayis Tavsan)



"Lacio" "Atalanta"ga imkoniyatni boy berdi

"Atalanta" o'yin boshida kutilganidek hujumlar qilishni va vaziyatlar yaratishni boshlashdi, xususan Miranchukning uzatmasidan so'ng Kolashinac yaxshi zarba berdi. Bir daqiqadan so'ng De Ketelare ajoyib tarzda to'pni jarima maydonchasiga oshirdi, Skalvini esa uni Pashalichga o'tkazib yubordi, u esa to'pni o'nglab olib, ikkinchi urinish bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi. O'yin shundan so'ng sezilarli darajada sekinlashdi, "Atalanta" kam hujum qildi, "Lacio" esa vaziyatlar yarata olmadi. Ko'p narsa jarima maydonchasi ichidagi qo'l bilan o'yin uchun 41-daqiqada penalti belgilangan payt hal bo'ldi, De Ketelare uni ishonchli tarzda ijro etdi. Bergamoliklar tanaffusga qadar yana urishlari mumkin edi, ammo Xolm Miranchukning jarimadan uzatmasidan so'ng to'sinni nishonga oldi.

Tanaffusdan so'ng Miranchukda gol urish uchun ajoyib imkoniyat bo'lgandi, ammo Xolmdan so'ng to'pni to'g'ri darvozabonga yo'naltirdi. "Atalanta" hisobga qaramay Provedel darvozasiga xavf solishda davom etdi, bu esa yana bir golga olib keldi. De Ketelare qanotdan jarima maydonchasiga o'tdi va ayyorona tarzda yaqin burchakka tepgan holda Provedelga umuman imkoniyat qoldirmadi. "Burgutlar" shundan so'ng biroz "jonlanishdi", Rujeri jarima maydonchasi ichida Immobileni yiqitdi, jabrlangan o'yinchining o'zi penaltini aqlli ijro etdi. "Burgutlar"ning o'yinni olib chiqib ketishi mumkindek ko'rindi, ammo bunga ularning kuchi etmadi. "Atalanta" navbatdagi g'alabaga erishdi va to'rtlikdagi o'rnini mustahkamladi.

Atalanta

Mario Pasalic - 16', Charles De Ketelaere - 43', Charles De Ketelaere - 76'

Serie A . 23-tur

04/02/2024, 21:00

1
:
3
Tugadi

Lazio

Ciro Immobile - 84'

Stadion: Gewiss Stadium, 14492 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Guida

45'
90'
9'  Mario Pasalic
9'  Gian Piero Gasperini
16'  Mario Pasalic
16'  Giorgio Scalvini
43'  Charles De Ketelaere
64'  Emil Holm (Hans Hateboer)
64'  Aleksey Miranchuk (Gianluca Scamacca)
76'  Charles De Ketelaere
76'  Gianluca Scamacca
78'  Ederson
79'  Mario Pasalic (Rafael Toloi)
79'  Charles De Ketelaere (Luis Muriel)
90'  Ederson (Leonardo Mendicino)
45'  Felipe Anderson
45'  Luis Alberto
46'  Manuel Lazzari (Luca Pellegrini)
46'  Mario Gila (Nicolo Casale)
47'  Nicolo Rovella
64'  Valentin Castellanos (Ciro Immobile)
64'  Gustav Isaksen (Pedro Rodriguez)
69'  Luis Alberto (Matias Vecino)
84'  Ciro Immobile



"Milan" "Frozinone"ni taslim etdi

Jamoalar o'yin boshida bir-birlariga xavfli vaziyat taqdim etishmadi, ammo ilk vaziyatoq golga olib keldi. Leao to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Jiru esa to'pni boshi bilan to'rga yo'llab qo'ya qoldi. Bu "Frozinone"ni umuman hayron qoldirmadi, Sek bir necha daqiqadan so'ng uzoqdan xavfli zarba berdi, ammo Menyan buni bartaraf etdi. Birozdan so'ng esa Leao jarima maydonchasi ichida qo'l bilan ehtiyotsizlik bilan o'ynadi, Soule esa penaltini ajoyib ijro etdi. O'yin shundan so'ng yana tinchlandi, faqatgina taym so'nggida Turati Leaoning burchakdan bergan xafli zarbasini qaytardi.

"Frozinone" 2-taym boshida ko'proq hujum qildi va bu ish berdi. Souli jarima maydonchasi ichida Marcitellini topdi va uzatma ijro etdi, u esa to'pni Menyanning oyoqlari orasidan yo'lladi. Ammo, "rossoneri" bir necha daqiqadan so'ng hisobni tenglashtirdi. Jiru qanotdan uzatmadan so'ng to'pni Gabbiga qoldirdi, u esa ikki metrdan to'pni darvozaga yo'lladi. "Milan" hujumni davom ettirdi, "Frozinone" esa jismonan charchadi va bu o'z so'zini aytdi. Himoyachilar vaziyatlardan birida to'pni jarima maydonchasidan chiqarib yubora olishmadi, Luka Yovich esa bundan foydalangan holda to'pni burchakka joyladi. "Frozinone" o'yin so'nggida bosim o'tkazishga urindi, ammo ish xavfli vaziyatlargacha etib bormadi, "Milan" esa yana bir bor qiyin vaziyatlardan chiqib keta olishini isbotladi.

Frosinone

Matias Soule - 24', Luca Mazzitelli - 65'

Serie A . 23-tur

03/02/2024, 21:00

3
:
2
Tugadi

AC Milan

Olivier Giroud - 17', Matteo Gabbia - 72', Luka Jovic - 81'

Stadion: Stadio Benito Stirpe, 16050 tomoshabin

Bosh hakam: Luca Pairetto

45'
90'
24'  Matias Soule
56'  Abdou Harroui
65'  Luca Mazzitelli
65'  Matias Soule
77'  Kaio Jorge (Walid Cheddira)
77'  Demba Seck (Emanuele Valeri)
77'  Abdou Harroui (Pol Lirola)
85'  Luca Mazzitelli (Arijon Ibrahimovic)
86'  Marco Brescianini (Reinier)
17'  Olivier Giroud
17'  Rafael Leao
43'  Ruben Loftus-Cheek
49'  Tijjani Reijnders
62'  Tijjani Reijnders (Ismael Bennacer)
62'  Ruben Loftus-Cheek (Noah Okafor)
72'  Matteo Gabbia
72'  Olivier Giroud
80'  Christian Pulisic (Luka Jovic)
81'  Luka Jovic
86'  Davide Calabria (Alessandro Florenzi)
86'  Olivier Giroud (Yunus Musah)
90'  Alessandro Florenzi



"Roma" "Kalyari"ni mag'lub etdi

2-daqiqadayoq "Kalyari"da muammolar boshlandi, unda Lorenco Pellegrini burchak to'pidan uzatilgan to'pni darvoza yo'lladi. SHundan so'ng darhol hisobni tenglashtirishga imkoniyat bo'ldi, ammo burchak zarbasidan so'ng Dossenaning bergan zarbasi noaniq chiqdi. Tez orada qanotda Anxelinoning pasidan so'ng Kristante darvoza ustunini nishonga oldi. "Roma" hujum qilishda davom etdi va bu ish berdi. Pellegrini ayyorona tarzda tovoni bilan to'pni jarima maydonchasi markaziga yo'naltirdi, Lukaku to'pni o'tkazib yubordi, Dibala esa xotirjamlik bilan uni burchakka yo'naltirdi. Taym so'nggida Lapadullani ajoyib imkoniyat bo'ldi, u Patrisiuni aldashga urindi, ammo darvozabon jamoasini qutqardi.

2-taym boshida jarima maydonchasi ichida qo'l bilan o'yin uchun "Roma" foydasiga penalti belgilangan payt barchasi ayon bo'ldi, Dibala esa uni ishonch bilan ijro etdi. "Roma" hujum qilishda davom etdi, tez orada 3-burchak to'pi ish berdi. Bu safar Xayzen Paredesning uzatmasidan so'ng bosh bilan aniq zarba berdi. "Kalyari" to'p kiritishga urindi, ammo Rui Patrisiu yaxshi harakat qildi, ayniqsa Afrika millatlar kubogidan qaytgan Luvomboning zarbasini qiyin seyv bilan bartaraf etdi. "Roma"da ham imkoniyatlar bo'ldi, Skuffet Lukakuning zarbasidan so'ng jamoasini qutqardi. "Roma" yakunda o'yinni quruq g'alabagacha olib bordi va hozirda De Rossi qo'l ostida ochko yo'qotmayapti.

Roma

Lorenzo Pellegrini - 2', Paulo Dybala - 23', Paulo Dybala - 51', Dean Huijsen - 59'

Serie A . 23-tur

05/02/2024, 23:45

0
:
4
Tugadi

Cagliari

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 61775 tomoshabin

Bosh hakam: Matteo Marcenaro

45'
90'
2'  Lorenzo Pellegrini
23'  Paulo Dybala
23'  Lorenzo Pellegrini
44'  Diego Llorente
51'  Paulo Dybala
55'  Stephan El Shaarawy (Nicola Zalewski)
55'  Diego Llorente (Dean Huijsen)
55'  Lorenzo Pellegrini (Edoardo Bove)
58'  Angelino (Rasmus Kristensen)
59'  Dean Huijsen
59'  Leandro Paredes
66'  Leandro Paredes
74'  Paulo Dybala (Tommaso Baldanzi)
62'  Paulo Azzi (Zito Luvumbo)
62'  Matteo Prati (Gianluca Gaetano)
62'  Alberto Dossena (Nicolas Viola)
66'  Nahitan Nandez
67'  Yerry Mina (Mateusz Wieteska)
75'  Nahitan Nandez (Alessandro Di Pardo)



SHuningdek:

"Bolonya" "Sassuolo"dan ustun keldi

"Udineze" va "Monca" durang o'ynadi

"Lechche" "Fiorentina"ni mag'lub etdi


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика