So’nggi yangiliklar

11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  0 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  5 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  2 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  2 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  3 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   5 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0

Farq ortib bormoqda: A Seriya 19-tur yakunlari Yangiliklar

Farq ortib bormoqda: A Seriya 19-tur yakunlari

Italiya chempionatida navbatdagi tur o'yinlari ortda qoldi.

"Yuventus" va "Atalanta" gollarga boy, tomoshabop o'yin namoyish qilishdi

O'yin tempi ilk soniyalardan yuqori edi. 2-daqiqada Milik zarba berish uchun qulay nuqtaga chiqib bordi, ammo urinishi kuchsiz chiqdi. Javob hujumi "Yuventus" darvozasi ishg'ol qilinishi bilan yakunlandi. Lukmanning yaqin burchakka yo'llagan zarbasini qaytarish SHensni uchun imkonsiz bo'lib chiqdi. "Yuventus" hujumga tashlandi, lekin Mussoning darvozasi oldida xavfli vaziyatlar deyarli yuzaga kelmasdi. "Keksa sinora"ga jarima maydonchasida Fajolini yiqitgan Ederson yordam berib yubordi. Nuqtaga di Mariya yaqinlashdi va imkoniyatdan unumli foydalandi. "Yuventus"ning yosh laterali esa tinib-tinchimasdi va 10 daqiqalar o'tib, to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, himoyachidan qocha olgan Milik darvoza burchagini nishonga oldi. Tanaffusgacha boshqa vaziyatlar yuzaga kelmadi.

Ikkinchi bo'limni "Atalanta" ancha dadil boshladi. Melle Lukman bilan "devor" uslubida o'ynab o'tkir burchakdan to'pni to'rga yo'lladi. 5 daqiqa ham o'tmadi "Atalanta" yana gol urdi. Boga jarima maydonchasi burchagida himoyachini chalg'itdi va uning uzatmasidan keyin Lukman bemalol darvozani "o'qqa tutdi". Allegri o'yinga o'zgarishlar orqali tasir ko'rsatishga urindi. Keza xavfli jarima zarbasi ishladi, Di Mariya ayyorlik qilib to'pni Daniloga tashlab berdi, braziliyalik esa darvoza burchagini aniq nishonga oldi. "Yuventus" yana gol urishga urinib ko'rdi, ammo "Atalanta" himoyada tartib o'rnatib, boshqa imkon qoldirmadi.


"Napoli" g'alabali odimini davom ettirdi

Takidlash lozim, uchrashuv ancha sokin ruhda boshlandi. Birinchi xavfli vaziyat faqatgina 20-daqiqada yuzaga keldi, Osimxen burchak zarbasidan keyin boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo Ochoa pand bermadi. "Salernitana" ham bunga javob berishga urindi, Pentek o'zi uchun odatiy bo'lmagan uslubda, qanotdan oldinga o'tib bordi, lekin Meret yaqin burchakni ishonchli qo'riqladi. Osimxen esa Elmasning uzatmasidan keyin o'tkir burchakdan hisobni ochishga ham erishdi, biroq hakam forvard o'yindan tashqari holatda bo'lganini malum qildi. "Napoli" tanaffusgacha niyatiga etdi. Angussa qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatdi, u erda Di Lorencodan boshqa hamma to'pga eta olmadi. Qanot himoyachisi esa birinchi urinishda to'pni o'ziga o'nglab, ikkinchisida muvaffaqiyatli zarba yo'lladi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi hamonoq Elmas aylanma zarba bilan to'pni darvoza ustuniga yo'lladi, qaytgan to'pga esa birinchi bo'lib Osimxen etib bordi. SHu tariqa Viktor to'purarlar poygasidagi holatini yanada yaxshilab oldi. Umuman olganda "Salernitana" kurashishni tashlab qo'ymadi. Qanotdan uzatmadan keiyn Kavilya, Vilena esa uzoq masofadan ancha xavfli zarba yo'lladi. "Napoli" tarkibida esa Mariu Ruy ayniqsa faol edi. Avvaliga uning havolatib uzatgan to'pini Osimxen darvozaga yo'llab, dubl rasmiylashtirishiga Ochoa yo'l qo'ymadi. Ko'p o'tmay, portugaliyalikning o'zi 30 metrlardan kuchli zarba yo'lladi va golkiper bu safar ham jamoasi joniga oro kirdi. O'yin oxiriga yaqin Pentekda imkoniyat bo'lgandi, lekin polshalikning jarima maydonchasidan yo'llagan zarbasini Meret bartaraf etishni uddaladi. 


"Roma" "Speciya"ni taslim etdi

O'yin ancha past tezlikda start oldi. "Pichoqqa ilinadigan" birinchi vaziyat 20-daqiqada yuzaga keldi. El SHaaravi uzoq masofadan kuchli zarba berdi. "Roma" so'nggi vaqtlarda ko'p kuzatganimiz, standartdan keyin gol urishi mumkin edi. Pellegrinining uzatmasidan keyin Abraxam to'pni Manchiniga tashladi, ammo himoyachidan biroz omad yuz o'girdi. "Roma"ning bosimi baribir gol bilan yakunalandi. Abraxam - El SHaaravi - Dibala - El SHaaravi kombinaciyasini italiyalik yarim himoyachi gol bilan yakunladi.

Tanaffusdan keyin o'yin kartinasi aytarli o'zgargani yo'q. "Roma" tempni oshirib yubormay, muntazam ravishda vaziyatlar yaratardi. Abraxam yana bir standartdan keyin o'tkir burchakdan zarba berdi, lekin noaniq. SHunga qaramay, angliyalik o'z golini urdi. Dibalaning ajoyib uzatmasidan keyin Temmi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va farqni oshirdi. Bu goldan keyin "Speciya" biroz jonlandi. Daniele Maldini vaziyatlar yaratishga urindi, qisman buni uddaladi ham, biroq uning zarbalariga aniqlik etishmasdi. "Roma" natijaga o'ynadi va CHempionlar Ligasi zonasiga yorib kirdi.


"Lacio" "Milan"ni er tishlatdi

"Milan" ilk daqiqalardanoq muammolarga duch keldi. Cakanya 3-daqiqada to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Luis Alberto aqlli qaror bilan uni o'tkazib yubordi va Milinkovich-Savich aniq zarba bilan darvoza burchagini nishonga oldi. "Milan" bunga bir nechta uzoq zarbalar bilan javob berdi, "Lacio" hujumlari esa rangbarangroq ko'rinardi. Milinkovich-Savichning uzatmasidan keyin Cakanya to'pni erga tushirmay zarba berdi, ammo noaniq. Marushich o'tkir burchakdan ustunni nishonga oldi, qaytgan to'p Cakanyaga borib tushdi va u nomiga gol yozdirib qo'ydi. 

Tanaffusdan keyin "Milan" faollashdi va chindan yaxshi daqiqalarni o'tkazdi. Jamoada gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, Benasser jarima zarbasidan, Origi esa Salemarkisning uzatmasidan keyin hisobni o'zgartirishi mumkin edi. Voqealar rivoji qanday bo'lishini hech kim ayta olmaydi, ammo Pedroning uzatmasidan keyin Anderson jarima maydonchasida yiqitildi, Luis Alberto esa penaltidan unumli foydalandi. "Lacio" bu bilan ham kifoyalanmadi va hujum qilishda davom etdi. "Milan" esa to'xtab qo'ya qoldi. Natijada Cakanya jarima maydonchasi burchagidan to'pni Albertoga etkazdi, Luis esa darhol uni Felipe Andersonga etkazdi va braziliyalik futbolchi to'pni Tatarushanuning yonidan o'tkazib, darvoza to'riga yo'lladi. Rimliklardan ajoyib o'yin va qaqshatqich zarba, "Milan" esa bunday mag'lubiyatdan keyin jiddiy bosh qotirishi zarurdek.

SHuningdek, "Torino" "Fiorentina"ni, "Verona" esa "Lechche"ni engdi, "Bolonya" va "Kremoneze" durang o'ynashdi.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика