So’nggi yangiliklar

00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  9 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  14 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  99 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3

Farhod Tojiev: "Avvalgidek ketma-ket gollar urishga umid qilaman" Yangiliklar

Farhod Tojiev: "Avvalgidek ketma-ket gollar urishga umid qilaman"

Teglar :  Farhod TojievSurxon
PRO-liga 29-turidan o'rin olgan “Istiqlol” - “Surxon” (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Farhod Tojiev championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Bugungi uchrashuv biz uchun og'ir kechdi. O'tgan turda “Xorazm”ni yirik hisobda mag'lub etganligimiz tufayli bugun jamoamizdagi yosh futbolchilar nima uchundir bir oz sustroq harakat qilishdi.

Raqiblarimiz “Istiqlol” juda yaxshi jamoa, futbolchilarining darajasi bir xil. Bunday jamoalarda bir futbolchi jarohat olsa yoki boshqa sabablar tufayli maydonga tusha olmasa, boshqa sherigi uning o'rnini to'ldirib keta oladi. “Surxon”da o'ynayotgan yosh futbolchilarda o'zlariga bo'lgan ishonch etishmayapti. Bu holatni mashg'ulotlarda murabbiylar hamda tajribali futbolchilari birgalikda tushuntirib bormoqdamiz.

O'ylaymanki, “Surxon” kelajakda  juda kuchli jamoa bo'lib etishadi. Bugungi uchrashuv shu hisobda yakunlanganligi biz uchun juda achinarli xol, biz o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz, yosh futbolchilarimizda o'zlariga bo'lgan ishonchni shakllantirsak, hammasi yaxshi bo'ladi.

Muxlislarimizga sabr tilayman, birdaniga  yuqori natijaga erishib bo'lmaydi. Muxlislarni tushunaman, ular juda talabchan bo'lishadi. Men muxlislaridan iltimos qilardim, ozroq sabr qilinglar, hali hammasi yaxshi bo'ladi. SHaxsan o'zim jarohatim tufayli to'liq tiklanishga ulgurmagan bo'lsamda, "Surxon" uchun maydonga tushib, astoydil harakat qilayapman.  G'alaba qozonish faqat tajribali futbolchilarga bog'liq emas, futbol jamoaviy o'yin, hammaning o'ziga yarasha vazifasi bor.

Surxondaryolik futbol muxlislariga kerak bo'lsa safardagi uchrashuvlarga borib, har doim bizni qo'llab-quvvatlagab kelayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.  
Ushbu mavsumda meni jarohatlar ko'p bezovta qildi. Futbolchi jarohat olganidan so'ng maydonga qaytib birdaniga yaxshi o'ynab ketishi qiyin, tiklanishi, o'z o'yinini topib olishi uchun bir oz vaqt kerak bo'ladi. Men ham hozircha o'z o'yinimni topib olganim yo'q, o'zim uchun ham bu xol achinarli albatta. Qaysi ligada to'p surgan bo'lsam jamoam g'alabasi uchun o'z hissamni qo'shganman, gollar urganman. Endi yanada ko'proq ishlayapman, hammasi yaxshi bo'lishiga, avvalgidek ketma-ket gollar urishimga umid qilaman", - deydi Farhod Tojiev.    
 

Bekzod Tolibov yozib oldi.

“Surxon” matbuot xizmati bilan xamkorlikda tayyorlandi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика