So’nggi yangiliklar

19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  1 19:00Суперлига. "Насаф" - "Бухоро" 4:0 (матнли трансляция)  22 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  3 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  16 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  9 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  5 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  18 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  2 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  18 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  11 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  4

Farhod Nishonov: "Superliga bo'lsin, Pro liga bo'lsin, hamma natija uchun o'ynayapti. Hech kim muxlislar uchun futbol o'ynagani yo'q" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Superliga bo'lsin, Pro liga bo'lsin, hamma natija uchun o'ynayapti. Hech kim muxlislar uchun futbol o'ynagani yo'q"

Pro liga 5-turidan o'rin olgan "Olimpik-MobiUz" – "Qo'qon-1912" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Farhod Nishonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida 

- O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, raqib yutish uchun hech narsa qilmadi. Biz o'zimizning xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. O'yinni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalanishda sovuqqonlik etishmadi. Mashg'ulotlarda buni ustida ishlayapmiz. O'ylaymanki, bu holat o'yindan o'yinga yaxshilanib boradi va gollar urib, g'alaba qozonamiz.

- Jamoa tarkibida bir-ikki futbolchilar ko'rinish bermadi. Bunga sabab nima edi?

- Jamoa asosiy tarkibidan hech kimga joy kafolatlanmagan. Biz kelajakni o'ylagan holda ish tutamiz. Ayrimlar tartib-intizomga rioya qilmadi. Biz ularni intizomni to'g'rilash maqsadida qaydnomaga kiritmadik. U xoh jamoa etakchisi bo'lsin, xoh sardor bo'lsin, qonun hamma uchun bir xil. 

- Jamoa oldiga Kubokda qanday maqsadlar qo'yilgan?

- Har bir o'yinda g'alaba uchun harakat qilamiz. Superliga bo'lsin, Pro liga bo'lsin, hamma o'zi uchun, natija uchun o'ynayapti. Hech kim muxlislar uchun futbol o'ynagani yo'q. Bu juda yomon. Muxlis nima uchun o'yinlarni ko'rish uchun kelmayapti? Bo'sh tribunalarda futbol o'ynash futbolchilarga qiziq emas. Superliga va Pro liga bahslarini ko'ryapmiz, muxlislar yo'q. Bir nafar muxlisimiz bo'lsa, biz o'sha muxlis uchun chiroyli futbol ko'rsatishga harakat qilamiz. Natijaga chiroyli futbol orqali erishmoqchimiz. Tan olishimiz kerak, bu yo'qolib ketayotgan narsa. Muxlislar hozir futbolga emas, 10 karra ko'proq pul sarflab, toqqa borib dam olyapti. Biz muxlislar futbolga kelib rohat olishlarini xohlagan bo'lardik. Biz shu yo'ldamiz. Kubok o'yinlarida o'z futbolimizni namoyish qilamiz. Ishonamanki, O'zbekiston terma jamoasi va top-klublarda o'ynaydigan futbolchilarni etkazib beramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика