So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  2 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  6 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Farhod Nishonov: "Futbolda gol urmasang, 3 ochko qo'lga kirita olmaysan" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Futbolda gol urmasang, 3 ochko qo'lga kirita olmaysan"

Pro liganing 13-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Olimpik MobiUZ" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- "SHo'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Bizga mahorat etishmayapti. Ayrim vaziyatlarda to'pni qabul qilish va uzatmalarda xatoliklarga yo'l qo'yyapmiz. Yakunlovchi zarbalarda ham kamchiliklarimiz bor. Futbolda gol urmasang, 3 ochko bermaydi. Buni ustida ishlaymiz.

- Jamoangiz kubok uchrashuvlarida kuchli jamoalarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Pro liganing so'ngi turlarida bir oz qiynalayotgandek. Jismoniy holat bilan bog'liq muammo bormi?

- Yo'q, jismoniy holatimiz joyida. Tarkibda yo'qotishlar bor. Darvozabon va ikki nafar himoyachimiz bugungi o'yinni o'tkazib yuborishdi. Kubok o'yinlarida optimal tarkibda edik.

- Jamoa zaxirasidan ko'nglingiz to'ladimi?

- Yo'q, zaxiramiz ko'ngildagidek emas. Biz o'zimiz istagan futbolchilarni ololmay qolganmiz. Hozir shu boisdan qiyinchiliklarga uchradik. Birinchi davradan so'ng jamoa tarkibini 70 foizga o'zgartiramiz. O'zgartirmasak, natija bo'lishi qiyin ekan. 

- Qizil kartochkaga munosabatingiz?

- Futbolchiga tanaffus vaqtida aytgandik, sariq kartochkasi bor bo'lgani uchun ehtiyotkor bo'lishini so'radik. Biroq u baribir ikkinchi kartochkani oldi va chetlatildi. Bu borada ishlaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика