So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

Farhod Nishonov: "Bu erda futbol o'ynash juda qiyin bo'lyapti" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Bu erda futbol o'ynash juda qiyin bo'lyapti"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Jayhun" - "Olimpik Mobiuz" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov fikrlarini bildirdi.

"Jayhun"ni g'alaba bilan tabriklayman. Tan olish kerak, ular bizdan har tomonlama yaxshi o'ynadi. Ishtiyoq va jamoaviy o'yin evaziga haqli tarzda g'alaba qozondi",- deydi Farhod Nishonov. 


- Muhammadali Reimovning qizil kartochkasi haqida...

- Bu vaziyatni o'yindan keyin ko'rsak bo'ladi. Lekin yotgan futbolchini tepgan bo'lsa oqlamayman, chunki bu yaxshi emas. Aytishim mumkinki, biz 10 kishi qolib yutqazdik. Shuncha tayyorgarlik ko'rdik, butun boshli shtab ishlamoqda. Rahbariyatimiz sharoit qilib beryapti. Lekin bitta futbolchini o'zini nazorat qila olmasligi, o'ziga ortiqcha baho berishi oqibatida butun boshli katta shtabning ishini yo'qqa chiqardi. 

-  "Olimpik Mobiuz" jamoasi Qoraqalpoq klublari bilan o'yinlarda ochko yo'qotmoqda...

- Albatta, bu erda futbol o'ynash juda qiyin bo'lyapti. Biz bu maydonga moslasha olmayapmiz. Shuning evaziga ko'p ochko yo'qotmoqdamiz. Biz ko'proq to'p bilan ishlaymiz, ammo buning imkoni bo'lmayapti.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика