So’nggi yangiliklar

03:00ЕЧЛ. "Атлетико" "Тоттенхэм"ни, "Бавария" "Аталанта"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ҳолда кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилишди  40 02:50ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади  132 02:04Отабек Нарзуллаев: "Суперлига тезлигига тезроқ кўникишимиз керак"  0 01:32Акмал Рустамов: "Бешинчи ўриндан ҳам юқорида бўлмоқчимиз"  1 00:48БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ажман"ни мағлуб этиб, муҳим очколарни қўлга киритди  0 00:44Камолиддин Тожиев: "Йигитларни танимадим. Нима бўлганини билмайман..."  14 00:39ЕЧЛ. Дастлабки баҳсда "Галатасарой" ўз уйида "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 00:34Тимур Кападзе: "Пахтакор"ни ютиш ёқимли. Футболни қуришдан кўра, уни бузиш осонроқ"  11 00:21Исломбек Исмоилов: "Ҳар тур нохуш анъанага чек қўйяпмиз"  6 23:47"Ньюкасл" — "Барселона". Таркиблар маълум  20 23:45Суперлига. "Машъал" – "Қизилқум" 0:2  0 23:31Дориев Шимолий Македония миллий терма жамоасидан чақирув олди  5 23:14Самвел Бабаян: "Бугун "Нефтчи" тарихини ёзаётган футболчиларни бир пайтлар ўзим катта қилганман"  37 22:45Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  153 22:12ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида "Габала"га 7 та гол урди ва чемпионлик учун янада дадил қадам ташлади  1

Farhod Nishonov: "2:0dan so'ng yigitlar biroz bo'shashishdi" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "2:0dan so'ng yigitlar biroz bo'shashishdi"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Olimpik Mobiuz" - "Aral" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov fikrlarini bildirdi.

Nishonov: "Yigitlarga rahmat aytaman. "Aral" istalgan jamoaga kurash taklif qila oladigan jamoa. Bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. Imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qildik, yigitlar ko'rsatmalarni bajarishga intilishdi".

- "Olimpik-MobiUz" hujumkor o'yin namoyish etdi, ammo raqib gol urganidan so'ng negadir jamoangiz koncentraciyani yo'qotib qo'ydi va "Aral" yana uchta gol urishga yaqin kelishdi...

- To'g'ri, 2:0dan so'ng yigitlar biroz bo'shashishdi. Yuqoriroqda o'ynaydigan futbolchilarimiz pressingdan to'xtashdi va raqib ko'pchilik bo'lib hujumga o'tdi, natijada "Aral" gol urib ketdi.

- "Olimpik-MobiUz" yoshlardan iborat jamoa. 60 daqiqadan so'ng ko'plab futbolchilaringizni oyog'i tortishib qoldi. Pro ligada o'yin kam. Shu narsa futbolchilarning tayyorgarligiga tasir qilyaptimi?

- Bu fakt ham tasir qilyapti. Ammo terma jamoa yig'inlarini unutmaslik kerak. Qozog'iston bilan bahsda 10 nafar futbolchimiz ishtirok etdi, U-18 jamoasida ham 3 nafar vakilimiz bor. Hisobdan kelib chiqib, o'yinni cho'zishga uringan bo'lishlari mumkin. Bahsdan so'ng ularga yuzlanganimda "Hammasi joyida" deyishdi. Bunday qilish noto'g'ri, o'sishni, rivojlanishni istaydigan futbolchi 90 daqiqa maksimal o'ynashga intilishi kerak.

- Jamoa Superligaga chiqsa, kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish rejalaringiz bormi?

- Agar Superligaga yo'l olsak, tarkibni kuchaytirmasak bo'lmaydi. Lekin ushbu futbolchilarni saqlab qolgan holda yangi o'yinchilarni jalb qilishimiz shart.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика