So’nggi yangiliklar

02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  1 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  4 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  0 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  12 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  10 23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  7 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  110 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  221 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  7 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  7 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6

Farhod Magometov: “Yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish 10 avgustgacha ochiq” Yangiliklar

Farhod Magometov: “Yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish 10 avgustgacha ochiq”

3 avgustdan oliy liganing ikkinchi davra bahslariga start beriladi.
Ayni paytda oliy liganing deyarli barcha klublari davralar oralig'idagi transfer ishlarini amalga oshirish bilan band. Bugun ish yuzasidan PFL binosiga o'tganimizda tashkilot bosh direktori Farhod Magometov bilan biroz suhbat qurdik.

-   Farhod Abdualievich, ikkinchi davra uchun futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish 10 avgustgacha ochiq ekan deb eshitdik. SHu rostmi?
-   Ha, rost. Klublar bemalol shu oyning 10-sanasigacha yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. Buni barcha klublarga etkazganmiz.

-   Indinga 14-tur bahslari start oladi. Agar kimdir hozirgi jamoasida maydonga tushib, lekin shundan keyin boshqa klub safiga o'tib ketsa nima bo'ladi?
-   Bu erda hech qanday muammo ko'rmayapman. Futbolchi aytaylik, 3avgust kuni “A” jamoa safida o'ynab, keyin 10-avgustgacha “B” jamoa bilan shartnoma tuzishi mumkin. Bu haqda reglamentdayam yozib qo'yilgan.

-   Malumki, sentyabrning o'rtalarida Mirjalol Qosimov boshchililik qilayotgan terma jamoa Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga jo'nab ketadi. Bunday vaziyatda oliy liga taqvimida o'zgarish yuzaga kelishi mumkinmi?
-   Mumkin, agar qaysidir klubdan besh va undan ziyod futbolchi terma jamoaga chaqirilsa. Biz o'sha jamoaning oliy ligadagi o'yinini ko'chirishni ko'rib chiqamiz, qachonki o'sha klub bizga rasman xat bilan chiqsa.

-   Reglament bo'yicha milliy terma jamoaga 3, olimpiya terma jamoasiga esa 5ta futbolchi chaqirilsa, klublar o'z o'yinini boshqa muddatga qoldirishni so'rab PFLga murojaat qilishlari haqida band bor. Lekin bu jamoani O'zbekiston olimpiya terma jamoasi desak to'g'ri bo'larmikan?
-   Nega endi bo'lmaydi? Musobaqaga 23 yoshgacha futbolchilar ketyapti-ku. SHunday ekan, ayni paytda biz bu jamoani olimpiya terma jamoasi deya olamiz.

-   Ammo olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov emas, balki SHuhrat Maqsudov. Qolaversa, bu jamoa kelasi yil saralash o'yinlarida ishtirok etadi.
-   Siz meni chalg'itishga urinmang. Osiyo o'yinlariga jamoani Mirjalol Qosimov olib ketgani bilan baribir unga yordamchi sifatida Maqsudov ham boradi. Demak, bu O'zbekiston olimpiya terma jamoasi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика