Farhod Magometov: "2015 yilni "Neftchi" o'z maydonida boshlaydi"
17 dek 2014 11:15
Yangiliklar


Farhod Magometov: "2015 yilni "Neftchi" o'z maydonida boshlaydi"
Yig'ilishni O'FF vice prezidenti Sardor Rahmatullaev ochib berdi:
Barcha klublarga yangi mavsumda omad tilayman. 2015 yil barchamizga omadli kelsin. Bugun to'rtta masala hal qilinadi. 2015 yilgi oliy ligaga qura tashlash, 2014 yilgi yakunlar, yangi mavsum uchun reglament va klublarni licenziyadan o'tkazish masalalari hal qilinadi.
Farhod Magometov: "Barchani kirib kelayotgan yangi mavsum bilan tabriklayman. Yangi yilda barcha klublar o'zlarini ko'rsatishadi deb o'ylayman. Farg'ona va Andijonga qilgan safarimizdan so'ng oliy ligada klublar sonini 16taga oshirishga qaror qildik. 2015 yil Farg'onada yangi stadionning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. SHu sababli qura davomida agar "Neftchi" dastlabki turda safarda tushib qolsa ham ular ilk turni o'z maydonlarida o'tkazishadi. Bunga hech kim qarshi bo'lmasa kerak".

Fikrlar