So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   2 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Farhod Bekmurotov: Metallurg yaxshi shakllangan jamoa Yangiliklar

Farhod Bekmurotov: Metallurg yaxshi shakllangan jamoa

Kecha bo'lib o'tgan Metallurg - Andijon (3:1) uchrashuvida mehmonlar safida faol xarakat qilgan futbolchilardan biri Farhod Bekmurotov bo'ldi.
Iqtidorli yarim himoyachining jamoasi mag'lubiyatga uchraganidan so'ng kayfiyati yaxshi emasdi. SHunga qaramay Farhod o'zini poofessionallarga hos tutib, o'yin to'g'risida fikrlarini bildirib o'tdi.

- To'g'risi omadimiz kelmadi. Ko'rdingiz gol urish uchun bir nechta imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo to'p darvozaga kirishni istamadi. Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Kamida bir ochko olishni o'ylagandik. Biroq buning aksi bo'lib chiqdi. Mag'lubiyat uchun rahbariyatdan uzur so'raymiz. Ular bizni har qanday xolatda ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlamoqda.

- Metallurg yaxshi shakllangan jamoa ekanligi bilinib turdi. Anchadan buyon deyarli bir xil tarkib bilan o'ynab kelishmoqda. SHuning uchun ham bir-birlarini yaxshi tushunishadi. Lekin ularni bizdan kuchli o'ynadi deb bo'lmaydi. Bizga faqat omad kelmadi. Buni stadionga kelgan muxlislar ham ko'rdi. Fursatdan foydalanib bizni Andijondan uzoq yo'l bosib kelib, stadionda ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat aytaman. Mag'lubiyat uchun ulardan uzur so'rayman.

- Tarkibdagi yo'qotishlar o'rni bilindi. Ayniqsa jamoa sardori Ibrohim Otaxonovning yo'qligi uchrashuv chog'ida sezilib turdi.

- Endi keyingi tur Olmaliqni qabul qilamiz. Har qanday xolatda ham bo'lajak bahsda faqat yutishimiz kerak. Aks xolda bizni hech kim kechirmaydi - deydi Farhod Bekmurotov.

Andijon matbuot xizmati.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика