

Bu haqda jurnalist Tolibjon Qosimov o'z sahifasida xabar berdi.

"Andijon" Superliga yangi mavsumi oldidan tarkibni kuchaytirishga harakat olib bormoqda. "Burgutlar" jamoaning sobiq sardori Farhod Bekmurotovni ortga qaytarishmoqchi. Hozirda tomonlar muzokara olib borishmoqda. Muzokaralar ijobiy yakun topsa, Bekmurotov jonajon jamoasiga qaytishi mumkin", – deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, biroz avval 28 yoshli markaziy yarim himoyachi "Metallurg" bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik.



