Farhod Abdumavlonov: "To'purarlar orasida borish qo'shimcha kuch beradi"
07 mar 2017 16:29
Yangiliklar
Farhod Abdumavlonov: "To'purarlar orasida borish qo'shimcha kuch beradi"
Bugun chorak finalning ikkinchi kun bahslari bo'lib o'tmoqda. Amaldagi chempion "Olmaliq" "Paxtakor"ni ikkinchi bahsda ham taslim etdi va yarim finalga yo'l oldi. Bugungi o'yin (9:1)dan keyin olmaliqliklar to'purari Farhod Abdumavlonovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Kechagi o'yinda 11:4 hisobida g'alaba qozongan bo'lsakda, bugun "Paxtakor" ham bizga qarshi bir necha taktikalardan foydalanib o'ynadi. Lekin, yakunda biz yana yirik g'alabani qo'lga kiritdik.
"Paxtakor" yosh jamoa, mana shu tempda davom etishsa, kelajakda yaxshi jamoa bo'lishadi deb o'ylayman.
Ko'p gol urayotganim uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman, ular bo'lmaganida bunchalik ko'p to'p kiritmagan bo'lardim. To'purarlar orasida borish har qanday o'yinchiga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi va oldinga undaydi", - deydi Abdumavlonov.
Fikrlar