So’nggi yangiliklar

13:44Ўзбекистонда ўтадиган футзал бўйича Жаҳон чемпионати-2024 тимсоли эълон қилинди  6 13:22Эркин фикр: Олимпиада футболдан воз кечиши керак  5 13:00Бугун Олимпиадада иштирок этадиган спортчиларимизнинг иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:53Флик: "Биз тўғри йўлдамиз, ҳали яна қўшишимиз мумкин"  4 12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  4 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  11 10:26"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Икрамов Темур  0 10:11Англия терма жамоасини сентябрь ойидаги ўйинларида ким бошқариши маълум  1 09:44«Бавария» ёзда тўрт нафар футболчисини сотади  3 09:15Мбаппе ёки Виниcиус? Анчелотти «Реал Мадрид»да ким пенальти тепишини айтди  3 08:48Ўзбекистон кубоги. Бугун чорак финалнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  18 08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  2 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  4 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  1

Farhod Abdumavlonov: Do'stlarim meni Figu deb chaqirishardi Yangiliklar

Farhod Abdumavlonov: Do'stlarim meni Figu deb chaqirishardi

Malumki, 2016 yilning ikkinchi oyi­da Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi. 10-21 fevral kunlariga belgilangan ushbu turnir barcha qatnashchilar uchun ahamiyatli hisoblanadi.

Unda Kolumbiya­da o'tkaziladigan mundialning 5ta yo'llanmasi uchun kurash kechadi. Yarim finalga chiqqan terma jamoalar bayramni nishonlayverishlari mumkin. SHuningdek, chorak finalchilar orasida eng yaxshi natijaga ega jamoa ham okean ortiga yo'l olish imkoniyatini qo'lga kiritadi. SHu paytgacha o'tkazilgan Osiyo chempionatlarida terma jamoamizga JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish nasib etmagandi. Umid qilamizki, bu galgi urinish samarali yakun topadi. Malumot o'rnida aytish joiz, poytaxtimiz hozirgacha ikki marta - 2006 va 2010 yillarda qita chempionatiga mezbonlik qilgan. Biz ushbu nufuzli musobaqaga ko'rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan terma jamoa­mizning etakchi futzalchisi Farhod Abdumavlonov bilan suhbat uyushtirdik.



- Farhod, kuni kecha Yaponiyadan qaytib keldinglar. Suhbatimiz avvalida kunchiqar yurtga uyushtirilgan safar taassurotlari bilan o'rtoqlashsangiz.

- Yaponiyada uch kun bo'ldik. Safardan ko'zlangan maqsad ushbu yurt terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish edi. Rejaga binoan ikki kun ichida ikkita o'yinda maydonga tushdik. Ilk bahsda mezbonlarga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdik. Bu mag'lubiyatning o'ziga yarasha sabablari bor. Birinchi galda yo'l mashaqqati. Nagoya shahriga etib borish uchun bir kun vaqt sarfladik. Dastlab Toshkentdan Seulga, keyin esa Tokio va u erdan o'yin o'tkaziladigan shaharga uchdik. Manzilga yarim tunda etib borib, ertasiga kunning birinchi yarmida maydonga tushdik. CHarchoq alomatlari o'z so'zini aytdi. Qolaversa, Yaponiya juda kuchli raqib. Har holda ular amaldagi Osiyo chempionlari hisoblanishadi. SHunga qaramay, uchrashuv davomida darvozani ishg'ol qilish uchun qator imkoniyatlarni yaratdik. Lekin ulardan unumli foydalana bilmadik. Bazi holatlarda darvozabon mezbonlar joniga oro kirdi. Ertasi kuni ikkinchi o'yinni o'tkazdik. Bu safar 4:4 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdik. Bahs o'ta shiddatli kechdi. Hatto unda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Biroq yuzaga keltirilgan qulay vaziyatlardan foydalana olmaslik pand berdi. O'tkazilgan ikkita o'yin biz uchun har tomonlama foydali bo'ldi. Yaponiya singari kuchli jamoalarga qarshi bahslarda kamchiliklarimiz ko'zga tashlanadi. Oldinda termamizni bir nechta o'quv-mashg'ulot yig'inlari va xal­qaro o'rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi. Eng avvalo, xatolar ustida ishlaymiz. Rejaga ko'ra, dekabr oyida ikkita xorij yig'ini tashkil etilib, uning doirasida 4ta o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. Avvaliga 2-3 dekabr kunlari Minsk shahrida Belarus termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. Bu jamoa bilan shu paytgacha ikki bor to'qnash kelganmiz. Boku shahrida o'tgan xalqaro turnirda belarusliklarni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganmiz. Toshkentda o'tgan kichik turnirda esa 1:1 hisobi qayd etilgandi. Keyin u erdan Dohaga yo'l olamiz. 7-9 dekabr kunlari Qatar termasi bilan ikkita o'rtoqlik bahsi o'tkaziladi. Yanvar oyida esa Toshkentda yig'in tashkil etiladi. SHuningdek, bir nechta federaciyalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib borilyapti. Vetnam yoki Ozarbayjon termasidan birining Toshkentga kelishi kutilmoqda. O'ylaymanki, fevralga yuqori sport formasida etib boramiz va Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

- Ispaniyalik mutaxassis mashg'ulotlarda asosiy urg'uni nimalarga qaratyapti?


- Xose Mariya Mendez tajribali mutaxassis. Tailand klubini ilk bor klublar o'rtasidagi Osiyo chempioniga aylantirdi. Mashg'ulotlarga kelsak, kunning birinchi yarmida asosiy etibor texnika va taktikaga qaratilyapti. Ke­yin esa jismoniy holatni yaxshilashga harakat qilyapmiz. Bu o'rinda faqat kuchga ishlash yoki yugurish emas, balki tezlik va to'p bilan ishlashga ham ahamiyat beryapmiz. Ispaniyalik mutaxassisning falsafasi shunday. Qolaversa, u kuchli ruhshunos ham hisoblanadi. Bu murabbiy boshchiligida eng oliy maqsad - jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishimizga ishonaman. Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati bizga eng qulay imkoniyatni taqdim etadi. Bundan unumli foydalanib qolish kerak. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi, deb bejiz aytishmagan-ku! Arenani to'ldirib o'tiradigan muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari natijasida muvaffaqiyatga erishamiz, degan umiddaman.

- Avvallari Eron, Yaponiya va Tailand asosiy raqiblarga aylanishardi. So'nggi yillarda esa qitamizning boshqa termalarida ham o'sish kuzatildi. SHaxsan siz yana qaysi jamoa­lardan raqobat kutyapsiz?


- Eshitishimcha, qatarliklar Toshkentga kuchli tayyorgarlik bilan kelishadi. Bu terma jamoa tarkibida 4-5 nafar braziliyalik o'yinchilar bor ekan. Sir emas, janubiy amerikalik futzalchilar butun dunyoda kuchlilar qatorida zikr etiladilar. Qatar bosh­qa sport turlari singari futzalda ham legionerlar xizmatidan foydalanyapti. Yuqorida aytganimdek, dekabr oyida ushbu yurt vakillari bilan Dohada ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushamiz. O'sha uchrashuvlarda raqib kuchini chamalab ko'rish imkoniyati paydo bo'ladi. Qolaversa, Quvayt, Vetnam, Livan termalari bor. Bilishimcha, vetnamliklarga ham ispaniyalik mutaxassis ustozlik qilmoqda.


- O'tgan yili Qozog'iston chempionatida o'ynab, tajriba to'plab qaytdingiz. Qo'shni davlat chempionati saviyasi haqida nima deya olasiz?

- Qozog'iston chempionati juda kuchli. Fikrimni Qayratning so'nggi yillarda UEFA kubogida erishayotgan yutuqlari ham tasdiqlaydi. Jamoa Evropa chempionligini qo'lga kiritdi. Qozog'iston klublari moliyaviy jihatdan ancha barqaror. O'z vaqtida Tarazning SKA-Yug, Almatining BTA-Futzal jamoalarida o'ynadim. Garchi mamlakat chempionligini qo'lga kiritolmagan bo'lsamda, sovrindorlar safidan joy oldik. Kubok bahslarida finalga qadar etib bordik. 2014 yilda Qozog'iston oliy ligasida jamoalar soni qisqartirildi. CHempionatda avvalgidek 10ta emas, 8ta jamoa qatnashdi. Malum sabablarga ko'ra, BTA-Futzal musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi. SHuningdek, Qirg'izistonning Dordoy klubi ham musobaqani tark etdi. Qozog'iston chempionatida kuchli klublarning ishtirok etayotgani muxlislarni o'ziga jalb qiladi. Yuqorida aytganimdek, jamoalar legionerlar hisobiga kuchayishgan. Qayratdan tashqari Tulpor, Ayat kabi klublar chempionat saviyasini belgilab berishadi.

- Moliyaviy tomondan olib qarasak, chempionatlarimiz orasidagi tafovut kamayyaptimi?


- Oldingi yillarga taqqoslaganda bu boradagi farq yo'qolib boryapti, deyish mumkin. Joriy yildan etiboran mamlakatimiz jamoalarida ham moliyaviy barqarorlik kuzatildi. Maosh miqdori unchalik katta bo'lmasada, futzalchilar bilan o'z vaqtida hisob-kitob qilinyapti. Jamoalarni moliyalashtirish borasida har ikki mamlakatdagi holat deyarli bir xil.


- Avvallari ko'plab futzalchilarimiz Qozog'iston chempionatida to'p surishardi. Hozir esa vaziyat o'zgargan. Sizningcha, bunga sabab nima?

- Birinchidan, Qozog'iston chempionatida kuchli raqobat hukmron. Qolaversa, O'zbekiston chempionatining saviyasi ham ancha yuksaldi. Aytmoqchimanki, qo'shni mamlakatga borib, o'rtamiyona klublar safida o'ynashga hojat yo'q. Ikki oydan so'ng poytaxtimizda Osiyo chempionati o'tkaziladi. Bunday holatda futzalchilarning terma jamoa bosh murabbiyi ko'z o'ngida bo'lgani maqulroq. SHu tariqa murabbiyda ularning bugungi holati bilan tanishish imkoni tug'iladi. O'z vaqtida Dilshod Irsaliev hamda Jamoliddin SHaripov kabi futzalchilar SKA-Yug sharafini himoya qilishdi. Aleksandr Petrov BTA-Futzal klubida bosh murabbiy lavozimida ishladi. Artur Yunusov Ozarbayjon chempionatida ishtirok etib qayt­di. Mana, ikkinchi yildirki, termamizning sobiq sardori SHuhrat Tojiboev Xitoyda o'ynayapti. Menimcha, Osiyo chempionati yakunlanganidan keyin xorijda to'p suradigan futzalchilarimiz soni ortadi. Ochig'i, menga hozir ham Qozog'iston klublaridan takliflar kelyapti. Lekin ayni paytda fikru xayolim Osiyo chempionatiga qaratilgan. Takliflarni ushbu turnirdan keyin ko'rib chiqaveramiz.

- Siz taqlid qiladigan futzalchilar bormi?

- Bilasizmi, har bir futzalchidan nimanidir o'rganish mumkin. SHaxsan men shu aqidaga amal qilaman. Har bir inson qaysi sohada ishlashidan qatiy nazar, izlanish va o'rganishdan to'xtab qolmasligi kerak. Ayniqsa, sportda bu juda muhim. Hamisha oldinga intilib, yangiliklardan boxabar bo'lib borish lozim. Savolingizga kelsak, O'zbekiston terma jamoasining katta murabbiyi Bahodir Ahmedovning o'yinlaridan har doim zavq olganman. U bilan bir jamoada o'ynash baxtiga muyassar bo'lganman. Ahmedov Osiyo chempionatlarida ishtirok etish bo'yicha rekordchi hisoblanadi.


- 19-24 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi O'zbekis­ton sport majmuasida o'tgan XX milliy chempionatimizning 1-tur uchrashuvlari shuni ko'rsatdiki, raqobat bu yil ancha kuchli bo'ladi. SHunday emasmi?

- Fikringizga yuz foiz qo'shilaman. Oliy liganing joriy mavsumi avvalgilaridan farqli ravishda murosasiz kurashlar bilan boshlandi. Ilk turdayoq bir nechta kutilmagan natijalar qayd etildi. Masalan, birinchi turning ilk kuniyoq men to'p surayotgan Ardus klubi poytaxt viloyatining Olmaliq jamoasiga 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Bu o'yindan keyin ko'pchilik Olmaliqning birinchi turni yuz foizlik natija bilan yakunlashini kutishdi. Lekin amalda bunday bo'lib chiqmadi. Qarshining Do'stlik jamoasi bilan bahsda olmaliqliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O'z o'rnida qarshiliklar Andijonning Turon jamoasi bilan bahsda ikki ochko yo'qotishdi. Olmaliq Bunyodkorga qarshi kechgan o'yin yakunlanishiga 34 soniya qolgan bir payt­da mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Ikkinchi tur oldidan turnir jadvalida Do'st­lik peshqadam. Olmaliq va Ardus esa ularning asosiy taqibchisiga aylanishgan. O'ylaymanki, ikkinchi davra uchrashuvlarida yo'qotilgan ochkolar o'rnini to'ldirib olamiz.

- Farhod, endi futzalga kirib kelishingiz haqida gapirib bersangiz.


- O'rta maktabning 7-sinfida o'qib yurgan kezlarim Yunusobod tumanidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabiga borganman. Millionlar o'yinidagi ilk saboqlarni Ayub akadan olganman. Ke­yin Toshkent shahrining Saxovat jamoasida bir davra o'ynadim. Bu orada futzalga taklif qilishdi. O'sha paytda aloqa xodimlari o'rtasida turnir o'tkazilardi. Mana shu musobaqada o'zimizdan yaxshi taassurot qoldirgandik. Turnirni kuzatib borgan Ardusning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov men va do'stim SHahzod Bo'rievni jamoaga taklif qilgan. Bu biz uchun kutilmagan chorlov edi. CHunki Ardus o'sha yillari O'zbekistonning tengsiz klubi bo'lgan. Aleksandr Gennadevichning ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tganimdan so'ng ushbu jamoa safida o'ynay boshladim. Zarafshonda o'tkazilgan mamlakat chempionati bahslarida ishtirok etganimdan keyin faoliyatimni butunlay futzal bilan bog'lashga qaror qildim. Vaholanki, o'sha yili meni Qozog'is­tonning Taraz futbol klubiga ham taklif qilishgandi. Bilmadim, futzal ko'proq maqul kelgani uchunmi, faoliyatimni ushbu sport turida davom ettirishga qaror qildim. Ardusdagi bir yillik faoliyatimdan so'ng meni milliy termaga chaqirishdi. Hayotimdagi bu lahzalarni hech qachon unutmayman. Mamlakat chempioni bo'ldim, legioner sifatida o'ynadim. Ardus tarkibida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdim. 2014 yili Vetnamda o'tgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz bilan birga bronza medalini qo'lga kiritdik. Endi bosh maqsadim - jahon chempionatida qatnashish.


- Katta futbolda qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Paxtakorga. Bolaligimda shu klub safida o'ynashni orzu qilganman. Evropadan esa Madridning Real klubi o'yinlariga befarq emasman.

- Futbolchilardan-chi?

- Avvallari Luish Figuning maydondagi xatti-harakatlaridan zavq olardim. Futbolga ilk bor qadam qo'yib, Don Sport klubida o'ynab yurgan kezlarim Figu Real jamoasida to'p surardi. Do'stlarim o'shanda meni Figu deb chaqirishga odatlangandilar.

- Kelasi yili Franciyada futbol bo'yicha Evropa chempionati o'tkaziladi. Bu safar ushbu turnirning final bosqichida avvalgidek 16ta emas, balki 24ta terma jamoa qatnashadi. Nima deb o'ylaysiz, sonning ortishi sifatga tasir o'tkazmasmikan?


- Buni vaqt ko'rsatadi. Menimcha, UEFA boshqa o'rtamiyona jamoalarga ham imkoniyat berish maqsadida shunday qarorga kelgan. Ruminiya, Ukraina, Sloveniya, Serbiya kabi davlat termalari final bosqichiga chiqolmay qolib ketishardi. UEFA shularni inobatga olgan bo'lishi kerak. Mana, Ukraina pley-offdan muvaffaqiyatli o'tdi. Eng kutilmagan holat sifatida albatta, Gollandiya terma jamoasining final bosqichiga chiqa olmaganini ko'rsatish mumkin.

- SHaxsan siz bo'lajak Evropa chempionatida qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?


- Germaniya termasiga. O'ylaymanki, Evropa chempionligini aynan Yoaxim Lev shogirdlari qo'lga kiritishadi.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика