So’nggi yangiliklar

21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  1 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  0 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  2 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1

Farhod Abdullaev: "Ermatov va Kovalenkoga Osiyo Kubogida omad tilayman" Yangiliklar

Farhod Abdullaev: "Ermatov va Kovalenkoga Osiyo Kubogida omad tilayman"

Hamyurtimiz FIFA instruktori Farhod Abdullaev Avstraliyaning Kanberra shahrida mahalliy instruktor va nazoratchilar uchun tashkil etilgan seminarda o'z hamkasblariga saboq berdi.
FIFA va OFK tomonidan tashkil etib kelinayotgan bu kabi turkum seminarlarda Farhod Abdullaev muntazam ishtirok etadi. Bundan avval ham hamyurtimiz Osiyoning bir nechta davlatlarda tashkil etilgan seminarlarda qatnashgandi. Yanvar oyida Avstraliyada Osiyo Kubogi-2015 o'tkazilishini inobatga olsak, Kanberradagi seminar nima maqsadda tashkil etilganini anglab olish mushkul emas. Biz Avstraliyadagi ushbu seminar haqida to'liqroq malumotga ega bo'lish maqsadida Farhod Abdullaevdan intervyu oldik.

- Farhod aka, Avstraliyada o'tkazilgan seminar haqida malumot bersangiz.
- Avstraliyaning Kanberra shahrida mahalliy instruktor va nazoratchilar uchun Futuro III nomli seminar bo'lib o'tdi. Mazkur seminar FIFA tavsiyasi bilan tashkil etildi. Seminarda 22 nafar mahalliy instruktor va nazoratchilar qatnashishdi.

- Ushbu seminardan ko'zlangan asosiy maqsad nima?
- Maqsadimiz avstraliyalik instruktor va nazoratchilarga FIFA va OFKning talablari bo'yicha yangi malumotlarni etkazish hamda ularning bugungi bilim va salohiyatiga xolis baho berishdan iborat. Instruktor  bu hakamni o'rgatadigan mutaxassis. Tabiiyki, uning bilimi hakamdan yuqori bo'lishi shart. Afsuski, hozir faoliyat yuritayotgan ko'p instruktorlar haqida bunday fikr bildira olmayman. Ularning aksariyati anchadan biri o'z malakasini oshirish ustida ishlamay qo'yishgan. O'qituvchini ham o'rgatib turish kerak (kuladi). Pichoq ham ishlatilmay turaversa, zanglab ketadi. Bilimim etarli, deb hech qachon gapirish, bu haqida o'ylash ham kerak emas. Avval olingan bilim bilan hozir ishlash mushkul. FIFA va OFK tomonidan instruktor, nazoratchi, komissar, hakamlarga qo'yilayotgan talablar o'zgarib boryapti. SHunday ekan, men tilga olgan hamkasblarimiz o'z ustilarida ishlashda davom etishlari kerak.

- Avstraliyalik instruktorlarning bugungi saviyasi haqida qanday fikrdasiz?
- Yaxshi, lekin ko'p narsani o'zgartirish kerak. Albatta, bu borada FIFAdan ko'proq mutaxassislar kelib yangiliklarni o'rgatmasa, avstraliyalik instruktor va nazoratchilar uchun qiyin bo'ladi. Hozir o'tkazilayotgan seminar ham shu maqsadda tashkil etilgan. Avstraliya futbol federaciyasi FIFAga murojaat qilib, o'z nazoratchilari uchun seminar o'tkazib berishni so'ragan. Yana bir malumot, yaqinda aynan Kanberra shahrida hakamlar uchun ham seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminarni malayziyalik Subhiddin Mohd Solih olib bordi. Hakamlar saviyasini oshirish maqsadida o'tkazilayotgan seminarlarga tayinlanayotgan instruktor ikki baravar ko'prok bilimga ega bo'lishi lozim. Aks holda o'tkazilayotgan seminarlardan foyda bo'lmaydi.

- Sizdan tashqari darslarni yana kimlar o'tishdi?
- Malayziyalik Rodzali Yokub bilan birga seminar o'tkazdik. U tajribali, ko'p yillardan beri shu yo'nalishda ishlab kelayotgan hamkasbim hisoblanadi.   
- Avstraliya futbol federaciyasi qanday sharoitlar yaratgan?
- Barcha sharoitlar juda yuqori saviyada yaratildi. Seminar Kanberra shahridagi Avstraliya sport institutida bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar ham darslarni qunt bilan tinglab, amaliy mashg'ulotlarda faol qatnashishdi.

- Farhod aka, avstraliyalik hakamlar haqida fikringiz qanday? Benjamin Uilyamsdan keyin yosh hakamlar etishib chiqyaptimi?
- SHunisi aniqki, ular bizning hakamlarimizdan kuchli emas. Fakat ularga yaratilgan sharoitlar boshqacha. Bu bilan ular faxrlansalar arziydi. O'quv markazlari, stadionlar va onlayn o'qitish tizimi. Bu borada avstraliyaliklar maqtana olishadi. Benjamindan keyin 3-4 nafar yosh, istedodli hakamlar etishib kelyapti. Yaqin yillarda ularni xalqaro o'yinlarda ko'ramiz. 

- Yanvar oyida Avstraliyada Osiyo Kubogi-2015 final bosqichi o'tkaziladi. Osiyo Kubogiga tayyorgarlik qanday ketayotgan ekan? Musobaqa ruhiyati sezilyaptimi?
- Avstraliyada futbol birinchi raqamli sport turi emas. Hamma kriket va regbi to'g'risida gaplashyapti. Boshqa shaharlarni bilmadimu, hozir Kanberrada bo'lib turganim uchun, aynan men turgan shaharda Osiyo Kubogining o'tkazilishi deyarli sezilmayapti. Balki, bu savolga dekabr oyining so'nggi kunlari javob berilsa, to'g'riroq bo'lar. Lekin Avstraliyada futbol infratuzilmasi yomon emas. Stadionlari talab darajasida. Faqat guruh o'yinlarining turli shaharlarda o'tkazilishi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Birinchi galda ishtirokchi terma jamoalarga. Keyin yanvar oyida Avstraliyada yoz bo'ladi. Hozir ham kun issiq, namgarchilik yuqori. O'zbekiston terma jamoasi ham Avstraliyadagi iqlim sharoitini inobatga olgan holda dekabr oyida BAAda ikkita xorij yig'inini tashkil etishni rejalashtirgan.

- Osiyo Kubogi-2015 o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar qachon Avstraliyaga etib borishadi? Bu haqida malumotlar bormi?
- Osiyo chempionati bahslarini boshqarib boradigan hakamlar malum bo'lgan. Bizdan Ravshan Ermatov va Valentin Kovalenko Avstraliyaga borishi aniq. Fursatdan foydalanib, bu ikki FIFA hakamimiz va ulaning brigadasiga bo'lajak Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli va bexato boshqaruvni tilayman. Barcha hakamlar 3 yanvar kunigacha Avstraliyaga etib kelishlari shart.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика