So’nggi yangiliklar

13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  0 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  4 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  5 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   10 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  6 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  15 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  36

Farhod Abdullaev: “Biz JCH-2014 o'yinlarini boshqa ko'z bilan kuzatyapmiz” Yangiliklar

Farhod Abdullaev: “Biz JCH-2014 o'yinlarini boshqa ko'z bilan kuzatyapmiz”

O'zbekistonlik yagona FIFA instruktori Farhod Abdullaev Maldiv orollarida mahalliy hakamlar uchun seminar o'tkazdi.
Ushbu seminar FIFA tomonidan tashkil etildi. SHundan so'ng, Abdullaev Maldivdan to'g'ri Pokistonga yo'l oldi va u erda ham mahalliy hakamlarga FIFA tomonidan tavsiya etilgan seminarni o'tib berdi. Biz Farhod Abdullaev bilan bog'lanib, ayni seminarlar yuzasidan intervyu oldik.    

- Farhod aka, Maldiv orollarida qanday seminar bo'lib o'tdi? Unda faqat maldivlik hakamlar ishtirok etishdimi? Seminar qancha muddat davom etdi?

- Maldivda FIFA tashabbusi bilan hakamlari uchun seminar tashkil etildi. Besh kunga mo'ljallangan seminarda 30 nafar mahalliy referi hamda to'rt instruktor katnashdi.

- Seminarning asosiy mavzusi va mazmuni nimadan iborat bo'ldi?

- FIFA tomonidan bu yil asosiy yo'nalish sifatida jahon chempionati hakamlariga berilgan qo'llanmalar asosida ishlash belgilab olingan. JCH-2014 bahslarida ishlayotgan hakamlarga qanday instrukciyalar berilgan bo'lsa, shuni hamma referi va assistentlarga etkazib berishimiz kerak. Hech kimga sir emas, hakamlik qonun-qoidalarida o'ziga yarasha o'zgarishlar bor. Bu o'zgarishlar nimalardan iborat ekanligini qolgan hakamlarga ham etkazib berishimiz kerak. FIFA aynan shu maqsadda qitamizning qator davlatlarida turli seminarlarni tashkil etmoqda. Maldiv va Pokistondagi seminarlar ham shu maqsadga xizmat qiladi.  

- Bugungi kunda maldivlik hakamlarning saviyasi qay darajada ekan?

- Ochig'ini aytsam, ularning saviyasi unchalik yuqori emas. Lekin harakat qilishyapti. Istedoldi yosh hakamlar bor. Eng muhimi, ular ishlashdan to'xtab qolishmasin.

- Maldiv futboli haqidagi taassurotlaringiz va xulosalaringiz qanday bo'ldi?

- Bu mamlakat futboli haqida ko'p malumotga ega emasman. CHunki, qisqa muddat davomida ushbu kichik davlatda bo'ldim. Futboli endi o'sib kelayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Lekin Maldivda OFK bayrog'i ostidagi bir nechta turnir o'tkaziladi. Jamoalari OFK Kubogida ishtirok etib kelmoqda.

- SHu kunlarda Pokistonda o'tkazilayotgan seminar haqida ham malumot bersangiz. Unda kimlar ishtirok etyapti? Instruktorlar kimlar?

- Instruktorlar – men va malayziyalik kasbdoshim, FIFA fitnes-instruktori – Ahmad Xalidi. Bu seminarda ham faqat pokistonlik hakam va instruktorlar qatnashyapti. Ularga ham FIFA dasturi asosida seminar o'tib beryapmiz. 

- Pokistonlik hakamlar haqida fikringiz qanday?

- Pokistonda yosh hakamlar nisbatan ko'p ekan. Lekin ularda tajribali instruktor etishmayapti. Qancha ko'p seminar o'tkazilsa, ular uchun shunchalik yaxshi bo'lardi. Ammo, umumiy planda qarasak, pokistonlik hakamlarning yuqori darajaga etishi uchun anchagina harakat qilish kerak.

- FIFAning siz instruktorlarga taqdim etayotgan qo'llanmalarida asosiy urg'u nimalarga berilyapti?

- “Offsayd”, yani o'yindan tashqari holat, to'pni qo'l bilan o'ynalgan vaziyat, qoida buzishlar, hakamning texnikasi, o'yinni nazorat qilishi, sariq va qizil kartochkalarni qay vaziyatda berilishi kabi muhim holatlarga etibor qaratilyapti. Buni turli video materiallar asosida ko'rsatib beryapmiz.   

- Golni aniqlaydigan tizim JCH-2014 doirasidagi Franciya – Gonduras uchrashuvida muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi. Gol bo'lganligini takroriy lavha aniq ko'rsatdi. Bu haqda fikringiz qanday?

- Bu yangilik hakamlarning ishini ancha engillashtirdi. Ko'p bahsli vaziyatlar shu orqali yuzaga kelayotgandi. Bu bo'yicha misollar etarli. Endi bu masalada muammolar bo'lmaydi, degan umiddaman.

- SHunchaki, bir muxlis sifatida JCH-2014 o'yinlari haqida qanday fikrdasiz?

- Hakamlar, instruktorlar o'yinni boshqa ko'z bilan kuzatamiz. Biz ko'pincha hakamlarning harakat, poziciya va chiqargan qarorlarga ahamiyat beramiz. SHu bois, o'yinning chiroyi va zavqidan ko'pam bahra ololmay qolamiz. Ammo, shunisi aniqki, to'rt yilda bir marotaba bo'ladigan mundial bahslari muxlislarga olam-olam quvonch ulashyapti. Yarim tunda bo'lishiga qaramay, futbol ishqibozlari shirin uyqudan kechib, uchrashuvlarni tomosha qilishyapti. Pley-off bosqichidan o'yinlarga bo'lgan qiziqish yanada oshadi.

- Hozirgacha qaysi o'yinlarni tomosha qildingiz? Qaysi jamoalarga muxlislik qilyapsiz?

- Deyarli barcha o'yinlarni tomosha qildim. Yuqorida aytganimdek, biror-bir jamoaga muxlislik qilmadim. Aksincha, hakamlarga muxlislik qildim va bu jarayon davom etmoqda. Hakamlar qanchalik kam xato qilishsa, biz instruktorlarning mehnatimiz zoe ketmagan bo'ladi.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика