So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Farg'onaning "Neftchi" klubi haqida: Kecha va bugun... Yangiliklar

Farg'onaning "Neftchi" klubi haqida: Kecha va bugun...

Teglar :  NeftchiA PRO-Liga
Joriy mavsumdan A PRO-Liga musobaqalarida ishtirok etib kelayotgan Farg'onaning "Neftchi" jamoasi erishgan yutuq va natijalar haqida ko'pchilikning xabari bor.

Mamlakatimizning 5 karra chempioni hisoblangan "Neftchi"ning ayni vaqtga kelib ko'rsatayotgan natijalari bilan o'z muxlislarini ranjitib qo'yayotgani bor gap.
Avvallari “Neftchi”ning uy o'yinlariga muxlislar tashrifi o'yinga 3-4 soat qolgandayoq boshlanar, futbol uchrashuvi bo'lib o'tgan kuni Farg'ona ko'chalarida haqiqiy futbol muhiti yuzaga kelardi. CHempionat doirasida bo'lib o'tadigan markaziy uchrashuvlarda kamida bir kun avval chipta xarid qilinmasa, o'yinni stadiondan tomosha qilishning o'zi qiyin sanalardi, yoshi katta muxlislar chinorlar ustiga chiqib, uchrashuvlarni kuzatishganliklari haqida ko'p eslashadi.Farg'onaga chempionat doirasida autsayder jamoalar tashrif buyurganda yoki kubok uchrashuvlarida quyi liga jamoalari kelganda ham stadionda kamida 8-10 ming atrofida muxlislarni ko'rish mumkin bo'lardi. Hozir esa ko'p narsalar o'zgarib ketgan. A PRO-Ligada "Neftchi"ning uy o'yinlariga tashrif buyurayotgan ishqibozlar soni keskin kamayib ketayotganligi achinarli xol albatta.



Jamoa tarixi


Jamoa 1962 yilda dastlab "Neftyanik” nomi bilan tashkil etilgan. Sobiq Ittifoq chempionatlarida bir qator ijobiy natijalarni qayd etgan "Neftchi" 1992 yildan Oliy ligada qatnashishni boshladi va ketma-ket 4 bor O'zbekiston chempioniga aylandi. Keyingi mavsumlarda “Navbahor”, MHSK, “Paxtakor” va ikki bor “Do'stlik” oltin medalga ega chiqqan. Bu yillarda farg'onaliklar kumush medalni qo'lga kiritishgan. 2001 yilda Yuriy Sarkisyan va “Neftchi” birgalikda 5-oltin medallarni tantana qilishgan.




Jamoa matbuot xizmati haqida


Farg'onaning "Neftchi" futbol klubi matbuot xizmati vakillari faoliyati ko'p marotaba turli OAV vakillari tomonidan baholanganligini va ular bu borada ko'pchilikka o'rnak bo'la olganliklari haqida barchamiz yaxshi bilamiz. Lekin bugungi kunga kelib "Neftchi" matbuot xizmatining faolligi yo'qolib qolgandek nazarimizda. Ayni vaqtda jamoa matbuot xizmatiga klub mutasaddilari tomonidan qanday sharoitlar yaratib berilayotganligi haqida malumotga ega emasmiz, lekin biz bilgan, o'sha o'z kasbining ustalari bo'lgan "Neftchi" matbuot xizmatini xuddi ilgarigidek faollikka chorlaymiz.



Bugungi "Neftchi" haqida

2019-yilgi mavsumdan boshlab jamoa o'z tarixida ilk bor PRO-Liga musobaqalarida ishtirok etmoqda. Ayni damga kelib farg'onaliklar A PRO-Ligada 12-tur yakunlariga ko'ra, 5 g'alaba va 7 mag'lubiyat qayd etgan xolda turnir jadvalida 15 ochko bilan 6-pog'onani egallab turibdi. Joriy mavsum boshida "Neftchi" jamoasi tarkibida ro'yhatdan o'tkazilgan Igor Taran, Ruslan Melziddinov kabi tajribali futbolchilar hozirgi kunga kelib klub bilan xayrlashishgan. So'ngi uchrashuvlarda "Neftchi" tarkibida asosan yosh mahalliy futbolchilar ishtirok etayotganligiga guvoh bo'lmoqdamiz.



Jamoaning ayni vaqtdagi bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov "Neftchi" tarkibida Farg'onada ko'plab muvaffaqiyatlarga erishgan.

Bugungi kunda turli OAVlarda "Neftchi" futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolganligi haqida gap-so'zlar urchib yuribdi. Lekin bu malumotlar qay darajada haqiqatga yaqin ekanligi haqida klub matbuot xizmati tomonidan rasmiy malumot berilgani yo'q.O'ylaymizki, futbolimiz mutasaddilari tez orada shonli tarixga ega, mamlakatimizning 5 karra chempioni Farg'onaning "Neftchi" klubiga o'z etiborlarini qaratishadi. Biz esa muxlislar sog'ingan avvalgi "Neftchi"ning qaytishiga umid qilishda davom etamiz.

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика