Farg'onada “Yoz – o'tmoqda soz!” shiori ostida musobaqa o'tkazildi
19 iyu 2019 18:51
Yangiliklar
Farg'onada “Yoz – o'tmoqda soz!” shiori ostida musobaqa o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Farg'ona tumanida 15-19 iyul kunlari 2004-2005 va 2006-2007 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida ochiq turnir o'tkazildi.
O'quvchilarning yoz mavsumini sermazmun o'tkazish, futbol murabbiylari o'rtasida o'zaro tajriba almashish hamda bolalarni futbolga keng jalb etishni o'z oldiga maqsad qilgan ushbu musobaqada 28 ta jamoa tarkibida 568 nafar bolalar ishtirok etdilar.
Futbol associaciyasi, Farg'ona tumani hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan ushbu turnir g'olib va sovrindorlariga tashkilotchilar va homiylar tomonidan tasis etilgan qimmatbaho va esdalik sovg'alari, kubok, diplom va medallar topshirildi.






O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar