Farg'onada Respublikada birinchi bo'lib "Sport maktablari futbol ligasi"ning barcha yosh o'yinlari yakunlandi
09 sen 2020 17:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591260_original.jpg)
![](/upload/storage/591260_220.jpg)
Farg'onada Respublikada birinchi bo'lib "Sport maktablari futbol ligasi"ning barcha yosh o'yinlari yakunlandi
Farg'ona viloyatida BO'SM va IBO'SM tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqasining barcha yosh toifalari bo'yicha o'yinlar yakunlandi.
Bugun 2003 yilda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi bahslar bilan ushbu ananaviy chempionat o'yinlarining viloyat bosqichi Respublikada birinchilardan bo'lib o'z nihoyasiga etdi. 6 ta yosh toifasida o'tkazilgan birinchilikda 77 ta jamoa tarkibida 1529 nafar yosh futbolchilar ishtirok etishdi. Musobaqada quyidagi jamoalar 1- o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanma olishdi.
2008 yilda – Marg'ilon shahar 1-BO'SM
2007 yilda – Marg'ilon sh. 2-BO'SM
2006 yilda – Marg'ilon sh. 1-BO'SM
2005 yilda – O'zbekiston t. BO'SM
2004 yilda – Farg'ona sh. 1-BO'SM
2003 yilda – Qo'qon sh. 2-BO'SM
Barcha yosh toifasidagi g'olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat va sovg'alar topshirildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar