So’nggi yangiliklar

14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  0 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  0 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  2 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  39 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  4 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  15 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4

Farg'onada “Neftchi” yoshlar jamoasiga saralash ketmoqda Yangiliklar

Farg'onada “Neftchi” yoshlar jamoasiga saralash ketmoqda

Teglar :  Neftchi
Joriy mavsumni 5-o'rinda yakunlagan “Neftchi” jamoasi kelasi yilga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan.

Avval xabar berganimizdek, rahbariyat va murabbiylar shtabi tatilga chiqmadi aksincha yangi mavsum rejalarini ishlab chiqmoqda. Ular “Neftchi”ning yangi o'yin-uslubini yaratmoqdalar. Bu borada murabbiylar ilk qadamni yoshlardan boshlamoqchi. Andrey Fyodorov va uning yordamchilari o'quv-yig'in mashg'ulotini qay tariqa o'tkazish, transfer oynasida qanday o'zgarishlar qilish borasida o'ylab, shu haqda ish rejalarni ham joriy etishmoqda.

SHuningdek murabbiylar jamoaning ertangi kuni bo'lmish yoshlar klubiga ham jiddiy etibor qaratib kelmoqda. Bugungi kunda oliy liganing ko'plab klublarida ochig'ini aytish kerak, o'rinbosarlarning qachon yig'ilib, qaerda yig'in o'tkazishi nomalum bo'lib turibdi. Ammo farg'onaliklar mavsum-2016da yoshlar jamoasini yanada yoshartirish va shu bilan birga munosib o'yinchilarni yig'ish maqsadida o'tgan oyning so'nggi kunlaridan boshlab, saralash bosqichini o'tkazib kelmoqda.

Yil davomida ikkinchi liga va futbol maktabalari o'tasida o'tkazib kelingan musobaqalarni kuzatib borgan “Neftchi” murabbiylari o'sha paytda etiborini tortgan futbolchilarni mana bugungi kunga kelib, saralash bosqichiga taklif etgan. Asosan 1997 yil va undan kichik yoshda bo'lgan yigitlar bugungi kunda “Neftchi” yoshlar jamoasiga o'tish uchun astoydil ter to'kmoqda.

Futbolchilar bilan shaxsan Murod Ismoilovning o'zi mashg'ulot o'tkazmoqda. O'z vaqtida “Paxtakor”dagi faoliyati orqali yoshlar bilan ishlash xadisini olgan Murod Muzaffarovich bugungi kunga kelib, “Neftchi”da ham mahalliy yoshlarga jiddiy etibor qaratmoqda va jamoaning ertangi kuniga o'ziga xos zamin yaratmoqda deyish mumkin. SHuningdek saralash bosqichida yoshlar jamoasi ustozi Bahrom Haydarov va darvozabonlar murabbiyi Bahodir SHamsiddinov ham bevosita ishtirok etib, yoshlarni ko'zdan kechirmoqda.

Eslatib o'tamiz “Neftchi” yoshlar jamoasi yanvar oyining beshinchi kunidan o'z qarorgohida yig'ilib, dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishishadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика