So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23 0:1  13 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Farg'onada jurnalistlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi Yangiliklar

Farg'onada jurnalistlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  Farg'ona
Farg'onada o'ziga xos futbol bayrami bo'lib o'tdi.

Farg'ona viloyat hokimligi, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg'ona bo'limi va viloyat Futbol associaciyasi tomonidan  27 iyun “Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni”ga bag'ishlangan mini–futbol bo'yicha O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasining ananaviy turniri o'tkazildi. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari o'rtasida mini-futbol turining ommaviyligini oshirish, ularning o'zaro do'stlik, hamkorlik aloqalarni mustahkamlash va sportga bo'lgan mehrlarini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan turnirda to'rtta jamoa ishtirok etdi.



Qirguli shaharchasidagi suniy mini-futbol maydonlari mezbonlik qilgan musobaqa shiddatli va keskin kurashlar ostda o'tdi. Bir davrali tizimda bo'lib o'tgan turnirda ishtirok etgan jamoalar o'zlarining chiroyli o'yinlari bilan muxlislarni xursand etishdi. Har bir uchrashuv yuqori saviyada o'tkazildi.



Musobaqa yakuniga ko'ra, “Ruxsor TV” jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin “Farg'ona matbuoti” jamoasiga nasib etgan bo'lsa, “Bilimdon” klubi uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi. Farg'ona viloyat teleradiokompaniyasining “Farg'ona TV” jamoasi ham turnirda munosib ishtirok etganini etirof etish joiz.



Musobaqa g'olibi - "Ruxsor TV" jamoasi



"Matbuotchi" jamoasi



"Bilimdon" jamoasi



Mana shunday turnirlar sog'lom turmush tarzini targ'ib etilishiga xizmat qiladi deydi musobaqa ishtirokchisi jurnalist Iqboljon Abdujabborov. O'tkazilgan uchrashuvlar davomida o'z hamkasblarimizga qarshi maydonga tushdik va bu juda qiziqarli bo'ldi. Barcha jurnalistlar nomidan musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik izhor qilamiz.



Saytimiz muxbiri Bekzod Tolibov turnirni yoritish jarayonida g'olibga topshiriladigan kubok bilan suratga tushishga ulgurdi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика