So’nggi yangiliklar

08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  6 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  2 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  33 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  28 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4

Farg'onada 2007 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Farg'onada 2007 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqasi bo'lib o'tdi

23-30 iyun kunlari bolalar o'smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar o'smirlar sport maktablari shug'ullanuvchilari o'rtasida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Viloyatda futbolni ommaviyligini yanada oshirish, yoshlarni sportning futbol turiga jalb etish, yosh futbolchilarni mahoratlarini oshirishga ko'maklashish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-sonli “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonini ijrosini taminlash maqsadida joriy yilning 23-30 iyun kunlari bolalar o'smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar o'smirlar sport maktablari shug'ullanuvchilari o'rtasida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqasi bo'lib o'tdi.

2007 yilda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi mazkur bahslarda 18 ta jamoa 4 ta guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib bordilar. Barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan Marg'ilon shahrining 2-bolalar o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari 1-o'rinni egalladilar. 360 nafar ishtirokchi qatnashgan mazkur musobaqada 2-o'rinni Marg'ilon shahrining yana bir jamoasi – 1-BO'SM futbolchilari egallagan bo'lishsa, 3-o'rinlar Beshariq tumani BO'SM va Farg'ona shahar IBO'SM jamoalariga nasib qildi.

Endi 1-8 iyul kunlari musobaqaning 2006 yilda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi bahslar davom ettiradi.

Etiborlisi, ushbu ananaviy musobaqa Respublikamizning faqatgina Farg'ona viloyatida o'tkazilmoqda. CHunki bu viloyat hozirgi kunda “yashil” hudud deb etirof etilmoqda. Bundan tashqari viloyat futbol associaciyasi jamoasi ushbu imkoniyatdan to'liq foydalangan holda viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi bilan hamkorlikda tasdiqlangan sanitariya qoidalari va talablariga asosan rejadagi musobaqalarni o'tkazishmoqda. O'yinlarning final bosqichlari viloyat “Futbol markazi” maydonlarida tashkil etilishi belgilangan.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика