So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23 0:1  8 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Farg'ona viloyatida bolalar ligasi o'yinlari o'tkazilmoqda Yangiliklar

Farg'ona viloyatida bolalar ligasi o'yinlari o'tkazilmoqda

Teglar :  Farg'ona
Farg'ona viloyatida bolalar futboliga bo'lgan etibor yildan-yilga oshib bormoqda.

Ayni kunlarda viloyatdagi futbolga ixtisoslashgan maktablarning tarbiyalanuvchilari o'rtasida viloyat bolalar ligasi o'yinlari o'tkazilmoqda. Musobaqani o'tkazishdan maqsad maktab o'quvchilarining yozgi tatil kunlarini mazmunli o'tkazish, futbol maktablari tarbiyalanuvchilari uchun o'yin amaliyotini shakllantirishdan iborat.

Turnirda Farg'ona viloyatining turli shahar hamda tumanlaridan jami 12ta jamoa ishtirok etmoqda. Har bir jamoa musobaqada uchta yosh toifasi bilan ishtirok etadi. Yani 2006 yilda tug'ilgan bolalar alohida jamoa, 2007-2008 yillar yana bir jamoa, hamda 2009-2010 yillarda tug'ilgan bolalar yana alohida jamoa bo'lib musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Musobaqada quyidagi jamoalar ishtirok etishyapti.


1.Kimyogar(Qo'qon), 2.Lokomotiv-Bfk (Qo'qon), 3.Parvoz (Uchko'prik), 4.Zafar (Uchko'prik), 5.Beshariq (Beshariq), 6.Do'stlik (Marg'ilon), 7.Umid (Buvayda), 8.Istiklol (Uchko'prik), 9.Neftchi (Farg'ona), 10.Qo'qon-Siti (Qo'qon), 11.Turon (Yaypan), 12.Kimyogar-2 (Qo'qon).


O'yinlar 2 davrali tizimda o'tkazilishi belgilangan bo'lib, jamoalar uy-safar tizimida futbol uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Ayni kunlarda musobaqaning 2-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda. Bu o'yinlarda ishtirok etayotgan bolajonlarning ko'zlaridagi shijoatni ko'rsangiz , siz ham yana beg'ubor bolalikka qaytgingiz kelib qoladi. Mana shunday turnirni o'tkazayotgan va unda ishtirok etayotgan jamoalarning murabbiylariga nisbatan haqiqiy futbol fidoiylari degan so'zni ishlatsak mubolag'a bo'lmaydi. Zero shunday turnirlar kelajakda Odil Ahmedov, Javohir Sidiqov, Eldor SHomurodov kabi futbol yulduzlarini kashf qilishga xizmat qiladi.

Quyida bolalar ligasi o'yinlaridan olingan suratlarni etiboringizga taqdim qilamiz.

Akramjon Mamadaliev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика