So’nggi yangiliklar

20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 20:00Суперлига. ОКМК - "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  37 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  2 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  14 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1

"Farg'ona viloyati Hokimi kubogi-2017". "Qo'qon-1912" - finalda Yangiliklar

"Farg'ona viloyati Hokimi kubogi-2017". "Qo'qon-1912" - finalda

Teglar :  Qo'qon-1912Mashal-2
Bugun "Farg'ona viloyati Hokimi kubogi-2017" musobaqasining yarim finalida "Qo'qon-1912" va "Mashal-2" jamoalari to'qnash kelishdi.

Bugun final yo'llanmasi hal bo'lishi bois jamoalar o'yinni ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. 12-daqiqada vakillarimiz raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni vujudga keltirishdi. Bahodir Pardaev to'pga kech qoldi. Aks holda… 31-daqiqada Jalil Kimsanovning boshi bilan bergan zarbasi darvoza ustuni yonginasida o'tib ketdi. 34-daqiqada muborakliklar burchak to'pini tepish huquqiga ega bo'lishdi. Avaz Agalievning burchakdan tepgan to'pi to'g'ri Aziz Ashurov qo'riqlayotgan darvozaga kelib tushdi – 0:1.

35-daqiqa Bahodir Akramov ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Ikkinchi bo'lim boshida bosh hakam jamoamiz ustozi No'mon Hasanovga qizil kartochka ko'rsatdi. 57-daqiqada jarimadan oshirilgan to'pni Andrey Sidorov boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo'llab hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada Andrey Sidorov qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, jamoamiz ikkinchi taymda katta tashabbusga ega bo'lishdi. O'yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlangach, musobaqa reglamentiga ko'ra, darhol penaltilar seriyasi tepildi. Penaltilar seriyasida esa omad jamoamiz tomonidan bo'ldi. Darvozabonimiz Nikita Ribkin ikki marta penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

SHunday qilib "Qo'qon-1912" og'ir kechgan o'yinda final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
 


“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”
Yarim final
“Qo'qon-1912-1” – “Mashal-2” – 1:1 (0:1) pen. ser (4:3)
Hakamlar:
Olim To'ychiboev, SHerzod Azamov, Javohir Hakimov, Sanjar Rahmonov.
Gollar: Andrey Sidorov – 57. – Avaz Agaliev-34.

“Qo'qon-1912”: 12. Aziz Ashurov (13. Nikita Ribkin-46), 23. Aleksandr Merzlyakov, 8. Akmal Xolmurodov, 31. Darko Gojkovich, 33. Jalil Kimsanov (22. Murod Xolmuhammedov-46), 15. Oybek Rustamov (75. Ibrohim Rahimov-90), 6. Bahodir Akramov, 10. Javohir Sidiqov (19. Muhammadanas Hasanov-46), 7. Jamshid Hasanov (28. Avaz Mamatxo'jaev-67, 70. Sobir Hamidov-90), 29. Suhrob Berdiev (17. Andrey Sidorov-46), 18. Bahodir Pardaev.

“Mashal-2”: 35. Javohir Ilyasov, 22. Sergey Kondratev, 17. Maksim Lipin (8. Abdulloh Olimov-46), 29. Asil Begimqulov, 55. Avaz Agaliev, 6. Sardor Abduraimov (13. Jonibek Mirzaqulov-66), 28. Maradona Safarov (90. Zafar To'raev-79), 9. Humoyun Murtazoev (7. Zohir Qo'ziboev-70), 11. Maqsad Muhamedov (19. Jamoliddin Ubaydullaev-52), 2. Iskandar SHoyqulov, 27. Bobur Qosimov.
Zaxira: 12. SHoxrux Eshbo'taev, 18. Abbos Amonov.
Nazoratchi: Anvar O'rinov.

Penaltilar seriyasi:
Bahodir Pardaev – 1:0.
Avaz Agaliev – 1:1
Murod Xolmuhammedov -2:1.
Bobur Qosimov – 2:2.
Andrey Sidorov – 3:2.
Abdullox Olimov – 3:3.
Ibrohim Rahimov – 3:3 (darvozabon)
Jamoliddin Ubaydullaev 3:3 (darvozabon)
Sobir Hamidov – 4:3.
Zafar To'raev – 4:3 (darvozabon)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика