So’nggi yangiliklar

10:36Расман: "Истиқлол" стадионида Ўзбекистон кубоги финалига қадар бирорта ўйин ўтказилмайди  0 10:20"Реал" Холандни қандай шароитда сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  2 09:41"Арсенал" футболчиси фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  3 09:00"Манчестер Юнайтед"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари (топ-10) рейтинги тузиб чиқилди  3 08:32Футзал. Куба терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 08:00Мемфис Депай фаолиятини Бразилияда давом эттиради. Футболчининг қанча ишлаб олиши маълум  1 07:25Про лига. Бугун 19-турга старт берилади  1 06:10Миллатлар лигаси. Швейцария - Испания, Испанлар 10 киши бўлиб 9 та зарба беришди ва 4 та гол уришди  1 06:00Миллатлар лигаси. Португалия - Шотландия, Роналду захирадан тушиб баҳс тақдирини ҳал қилди  5 01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  5 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  2 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  1 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  2 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  4 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  11

“Farg'ona viloyati Hokimi kubogi-2017” kundaligi: Ettinchi kun Yangiliklar

“Farg'ona viloyati Hokimi kubogi-2017” kundaligi: Ettinchi kun

Farg'onada davom etayotgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasida navbatdagi kun o'yinlari o'tkazildi.

“Neftchi” yoshlarining g'alabasi

“Neftchi-2” jamoasi turnirdagi uchinchi g'alabasini tantana qildi. Bahrom Haydarov shogirdlari bu safar “Farovon” klubini dog'da qoldirishdi. Mazkur g'alabadan keyin “Neftchi” yoshlarining to'plagan ochkolari soni 9 taga etdi va ular guruhda peshqdamlikni qo'lga olishdi. Aytish joizki, Bahrom Haydarov shogirdlari birinchi bo'lib yarim final ishtirokchisiga aylanishdi.

Guruhdagi ikkinchi o'yinda jangavor durang qayd etildi.

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

“S” guruhi

4-tur

“Neftchi-2” – “Farovon” – 2:0

“Barkamol avlod” – “Yozyovon lochinlari” – 3:3

4-turdan keyingi holat:

Neftchi-2 3 3 0 0 10-4 9
Barkamol avlod 4 1 2 1 11-11 5
Farovon 3 1 0 2 3-6 3
Toshloq 3 0 2 1 3-4 2
Yozyovon lochinlari 3 0 2 1 6-8 2

 

“Qo'qon-1912” yoshlari ham uch ochkoga ega bo'lshdi

“D” guruhida ishtirok etayotgan “Qo'qon-1912-2” futbolchilari ham musobaqadagi uchinchi g'alabalarini qo'lga kiritishdi. “FarDU”ga qarshi kechgan o'yinni shiddatli boshlagan Muhsin Nizomiddinov shogirdlari raqiblarini 2:1 hisobida dog'da qoldirishdi.

O'yinning 42-daqiqasida Sardor Isaqov hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Uning uzoq masofadan bergan zarabasini “talabalar” darvozaboni qaytarishga ojiz qoldi.

Ikkinchi bo'lim yoshlarimiz uchun omadsiz boshlandi. 48-daqiqada “FarDU” futbolchisi Sardor Masodiqov darvozamizni aniq nishonga oldi.

68-daqiqada yoshlarimiz yana oldinga chiqib olishdi. Islom Karimov yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanib, raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Mazkur hisob o'yin so'nggiga qadar o'zgarmay qoldi va qo'qonlik yoshlarning navbatdagi uch ochkoga ega bo'lishdi.

“Mashal-2” jamoasi Andijon viloyati vakilini yirik 6:0 hisobida dog'da qoldirdi. “Cementchi-2” jamoasi musobaqadagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

“D” guruhi

4-tur

“Qo'qon-1912-2” – “FarDU” 2:1 (1:0)

Gollar: Sardor Isaqov-42, Islom Karimov-68. – Sardor Masodiqov.

“Qo'qon-1912-2”: 30. Islom Abdullaev, 5. Doniyor To'lashev, 8. Islom Karimov, 10. Iqbol Malikjonov, 11. Ibrohim Muxtorov, 21. Doston Meliqo'ziev, 19. SHoxrux Xolmatov, 22. Orif Mamajonov, 25. Dilshod Baratov, 26. Sardor Isaqov, 27. Ismoil Oxunjonov.

Zaxira: 1. Muhammadali Sobirov, 2. Muhsin Baratov, 4. Mamur Rahimov, 6. Ramzbek Isaqov, 14, Ibrohim Ahmadjonov, 15. Mo'min Sodiqjonov, 17. Abror Ergashev.

“FarDU”: 1. Doston Mirxzarimov, 4. Zuhriddin Rahmatov, 3. Xo'jamurod Nasriddinov, 6. Mashhur G'ulomov, 5. Doston Rahimjonov, 21. Kozim Ahmadjonov, 14. Qahramon Mamadaliev, 10. SHerdor Turanov, 77. Bekzod Alijonov, 15. SHahboz Mo'minov, 8. Sardor Masodiqov.

Zaxira: 71. Faxriddin Mirzaqosimov, 7. O'tkir Mahmudov, 13. Abbos Salimjonov, 11. Akbar Sobirov, 12. Sobir Abdumo'minov, 16. Rustam Solijonov, 17. Muhammadsodiq Hakimjonov.

Cementchi-2 – Sirdaryo – 2:1

Mashal-2 – O'z Tong Xong Ko – 6:0

4-turdan keyingi vaziyat:

Mashal-2 4 3 1 0 11-2 10
Qo'qon-1912-2 4 3 0 1 7–4 9
FarDU 4 2 1 1 8-4 7
O'z Tong Xong Ko 4 2 0 2 7-10 6
Cementchi-2 4 1 0 3 5-9 3
Sirdaryo yoshlar tj 4 0 0 4 3-11 0


“NORIN” BILAN O'YNAYMIZ

Bugun musobaqada uchta uchrashuv o'tkaziladi. Bugun “Qo'qon-1912-1” jamoasi “Norin”ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv Farg'ona davlat universiteti sport majmuasida bo'lib o'tadi. O'yin 14:30da boshlanadi.

Bugungi o'yinlar anonsi:

“A” guruhi

4-tur

2 fevral

Neftchi-1 – Navbahor soat 14:30 Neftchi SK

“B” guruhi

4-tur

2 fevral

Andijon – Cementchi-1 soat 11:00 FarDU SM

Qo'qon-1912-1 – Norin soat 14:30 FarDU SM

MURABBIY QANDAY FIKRDA?

Ravshan Mirzakarimov (“FarDU” jamoasi bosh murabbiyi): – Musobaqa yuqori saviyada o'tmoqda. Aynan mana shunday turnirda ishtirok etish bizning yosh futbolchilarimizga o'ziga xos tajriba maktabi bo'lmoqda. Masalan, “Mashal-2” va “Qo'qon-1912-2” jamoalari qarshi kechgan bahslardan keyin o'yinchilarimning mahorati oshgani shubhasiz.

photo_2017-02-01_15-00-06

Musobaqaning nufuzi yildan-yilga oshib borayotgani yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Bu turnir etakchi jamoalar uchun yaramarka vazifasini o'tamoqda desam adashmayman.

Bizning turnirdagi ishtirokimiz yaxshi bo'ldi, deyishga asoslarimiz bor. “Mashal-2” bilan durang o'ynadik. “Qo'qon-1912” yoshlari bilan ham tengma-teng kurash olib bordik.

Guruhdagi oxirgi uchrashuvimizda ham ijobiy natija qayd etishni maqsad qilganmiz. Kezi kelganda, turnir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.

Abror DEHQONOV

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика