So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

“Farg'ona viloyati hokim kubogi-2018” kundaligi: Beshinchi kun Yangiliklar

“Farg'ona viloyati hokim kubogi-2018” kundaligi: Beshinchi kun

Farg'onadagi futbol bayrami davom etmoqda. “Viloyat hokim kubogi-2018” uchrashuvlari ham tobora shiddatli va keskin ruhda o'tmoqda.

Kecha bo'lib o'tgan “A” guruhidagi bahslarda ko'plab gollar kiritilgani so'zimizga isbot bo'la oladi.

 

“ISTIQLOL” TO'XTATILDI

Oldingi ikkita o'yinda muxlislar etirofiga sazovor bo'lgan  “Istiqlol” jamoasi markaziy o'yin deya tariflangan “Qo'qon-1912”ga qarshi bahsni ham yaxshi o'tkazdi.

Uchrashuvning 18-daqiqada futbolchilarimiz hisobni ochishdi. Ajoyib kombinaciyadan keyin jarima maydonchasida paydo bo'lgan Bahodir Pardaev to'pni raqib darvozasiga osonlik bilan yo'llab qo'ydi.


28-daqiqada “Istiqlol” futbolchisi Elyor Akbarov hisobni tenglashtirdi.

34-daqiqada vakillarimiz jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Muhammadanas Hasanovning jarimadan tepgan zarbasi darvoza to'ridan o'rin oldi.

O'yin so'nggi daqiqalarga qadar shiddatli tarzda o'tdi. Har ikki jamoa ketma-ket hujum uyushtirtirishdi. Lekin uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.

SHu tariqa jamoamiz musobaqadagi ikkinchi g'alabani nishonladi. “Istiqlol”ning esa mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi.

“Sodiq muxlislar klubi” azolari futbolchilarimizni butun o'yin davomida tinimsiz qo'llab-quvvatlab turishganini alohida takidlab o'tish joiz.



Aytgancha, shu kuni “Istiqlol” lagerida yana bir yangi futbolchi tajribali Ruslan Vagapov paydo bo'ldi.  U  “Qo'qon-1912”ga qarshi kechgan bahsda maydonga tushdi.

 

“Viloyat Hokim Kubogi-2018”
“A” guruhi
3-tur
“Qo'qon-1912”  – “Istiqlol” – 2:1 (2:1)
Hakamlar
: T. To'xtasinov, A. Marajabov, Z. Abdurahmonov.
Nazoratchi: S. Zaylobiddinov.
Gollar: Bahodir Pardaev – 18, Muhammadanas Hasanov – 34. – Elyor Akbarov – 28.
«Qo'qon-1912»: 21. Muzaffar Abdullaev, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 9. Nosir Otaqo'ziev, 18. Bahodir Pardaev (14. Doniyor Hasanov-86), 23. Aleksandr Merzlyakov, 77. Murod Xolmuhammedov, 26. Akmal Xolmurodov (19. Suhrob Berdiev-44), 27. Davron Hoshimov, 70. Quvondiq Ro'ziev. 96. Muhammadanas Hasanov.
Zaxira: 1. O'tkir Yusupov, 8. Sobir Hamidov, 17. Igor Taran
«Istiqlol»: 31. Nodir Ashurmatov, 2. Aziz Madaliev, 5. Abduxoliq Qurbonov, 10. Elyor Akbarov, 11. Anvar Xojimirzaev, 14. Rustam Abduhamidov, 17. Alisher Fayzullaev, 18. Temur Sultonov, 19. Ruslan Vagapov, 20. Akmali Rahimzoda, 23. Sanjar Asqaraliev.
Zaxira: 71. Eldor Isaboev, 7. Rizo Ayvazov, 9. SHarif Mirzaev,  70. Qahramon Muhammadjonov, 21. Xudoyberdi Xoliqov, 25. Bobur Aminjonov, 77. Davron Qoraboev.

 

YANGI O'YINCHILAR GOL URISHDI


Farg'onaning “Neftchi” jamoasi xalqaro turnirida navbatdagi g'alabasiga erishdi. Sergey Kovshov shogirdlari Quvasoyning “Cementchi” klubini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishdi.



Mazkur o'yinda farg'onalik safida ko'rikda bo'lib turgan Anvar Berdiev va Zohir Qo'ziboev, Amir Safarovlar o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi.

 
“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
3-tur
Neftchi – Cementchi – 5:1 (3:0)
Gollar: 
Zohir Qo'ziboev, Anvar Berdiev, Abdulaziz Yusupov, Temur Usmonov, Amirjon Safarov. – Rustam Solijonov.
“Neftchi:” 1. Akmal Ortiqov, 3. SHukurali Po'latov, 35. Davron Mamatov, 94. Jamshid Qobulov, 20. Alisher Samatov, 88. Abbos Maxstaliev, 17. Sunnatilla Ermatov, 23. Abdulaziz Yusupov, 21. Eler Mamasoliev, 82. Zohir Qo'ziboev, 10. Anvar Berdiev
Zaxira: 35. Farrux Turdaliev, 19. Javoxir Rasulov, 24. Otabek Ahmadjonov, 33. Ilhom Yunusov, 9. Timur Usmonov, 87. Amirbek Safarov, 34. Davron Isokov, 44. Jasur Azimov, 77. Javohir Mo'sajonov
“Cementchi”: 80. SHuhrat Rahmonov, 2. Mirjamol Nematov, 29. Asil G'oibjonov, 22. Husanboy G'aniev, 6. Islom Toshpo'latov, 13. Abror Ismoilov, 9. Abduqodir Artikov, 7. Islombek Karimov, 10. Xurshid Asqaraliev, 19. Elamon Karimov, 14. Abdujalil Manazarov.
Zaxira: 1. Qodir Muhammadjonov, 5. Rahim Mamatkarimov, 8. Aziz Fosilov, 15. Rahmatillo Xolmirzaev, 18. Abdulfayoz Jakbarov, 27. Rustam Solijonov, 4. Jamshid To'raqulov.

 

“MASH'AL”NING BIRINCHI G'ALABASI

Muborakning “Mashal” jamoasi ham nihoyat o'zining birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Aleksandr Xomyakov shogirdlari Qirg'izistonning “O'sh” jamoasini yirik 5:1 hisobida dog'da qoldirishdi. Umuman olganda, bahs davomida muborakliklar katta ustunlikka ega bo'lishdi.

 

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“A” guruhi
3-tur
O'sh – Mashal 1:5
Gollar: 
SHahzod Ubaydullaev, Muxsin Ubaydullaev, Bobur Qosimov, Iskandar SHayqulov, Sanjar Zokirov.


1

Neftchi

3

2

1

0

7-2

7

2

Qo'qon-1912

3

2

0

1

7-3

6

3

Mashal

3

1

2

0

6-2

5

4

Istiqlol

3

1

1

1

3-2

4

5

Cementchi

3

1

0

2

3-10

3

6

O'sh

3

0

0

3

1-8

0


O'RINBOSARLARIMIZ ASOSIY RAQIBGA QARSHI

Bugun Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari guruhdagi eng asosiy raqiblaridan biri Oltiariqning “Iftixor” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv “FarDU” stadionida soat 15:00da boshlanadi.

Bugungi uchrashuvlardan yana biri – “Navbahor” – “Toshloq” bahsiga bo'lgan qiziqish ham juda yuqori. Har ikki jamoa hozircha mag'lubiyatga uchragani yo'q.

 
BUGUNGI O'YINLAR ANONSI:
“Viloyat hokim kubogi-2018”
 “B” guruhi
3-tur
2 fevral

Neftchi – 2 – O'z Tong Kong Xo   Neftchi SK stadioni soat 11:00
Navbahor – Toshloq                     Neftchi SK stadioni soat 15:00
Yozyovon lochinlari dam oladi.

 

“S” guruhi
3-tur
2 fevral (juma)

Andijon – Zomin   FarDu stadioni soat 11:00
Qo'qon-1912 -2 – Iftixor  FarDu stadioni soat 15:00
Turon dam oladi.



Abror DEHQONOV

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика