So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  0 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  9 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  36 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2017” kundaligi: So'nggi kun Yangiliklar

Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2017” kundaligi: So'nggi kun

26 yanvar kuni start olgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasi 7 fevral kuni yakuniga etdi. Kecha turnirning final uchrashuvi bo'lib o'tdi.


“Qo'qon-1912”ning tarixiy g'alabasi

Ushbu musobaqaning to'rtinchi chempioni nomi ham malum bo'ldi. Bu kunga qadar “Viloyat Hokimi Kubogi”da uchta jamoa bosh sovrin egasiga aylangandi. 90 yillar oxirida Namanganning “Navbahor” jamoasi musobaqani birinchi o'rinda tugatgandi. 2004 yilgi bahslarda esa Quvasoyning “Cemntchi” klubi g'oliblikni qo'lga kiritgandi. O'sha yilgi final uchrashuvida “Cementchi”ning har ikki tarkibi o'ynagandi. SHundan keyin qatorasiga 13 yil “Neftchi” ananaviy turnirda bosh sovrinni hech kimga bermay kelayotgandi. 2015 yilga qadar hal qiluvchi bahsda “Neftchi”ning ikkita tarkibi to'p surishi odatga aylangandi. So'nggi ikki yilgi finalda esa farg'onaliklarga ikkita jamoa raqiblik qildi. 2015 yili – “Qo'qon-1912”, 2016 yili – “Qizilqum”.

Joriy yilgi musobaqada esa finalga tomoman boshqa klublar etib kelishdi.

Birinchi liganing yangi vakili -“Istiqlol” jamoasi turnirning haqiqiy kashfiyoti bo'ldi. Jamoa finalga qadar Oliy va Birinchi liganing kuchli jamoalariga qarshi maydonga tushib, to'rtta g'alaba va bitta durangga erishdi.

“Qo'qon-1912” jamoasi esa o'z guruhida uchta g'alaba va bitta durang qayd etdi. Yarim finalda esa Muborakning “Mashal” jamoasi dog'da qoldirildi.

Final bahsi kutilganidek, shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Har ikki bo'limda bittadan gol kiritgan qo'qonliklar yakunda bosh sovrinni qo'lga kiritishdi.

7 fevral kuni Qo'qon futboli tarixida yangi sahifa ochildi. “Qo'qon-1912” klubi “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” g'olibi sifatida tarixdan joy oldi.

Kezi kelganda, bu yilgi musobaqa yuqori saviyada tashkil etilganini etirof etish joiz.

Final uchrashuvi yakuniga etgach, musobaqa asosiy tashkilotchisi Farg'ona viloyat hokimligi tomonidan bir qator nominaciyalar bo'yicha g'oliblar ham aniqlanib, ular qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Xususan, “Qo'qon-1912” vakillari – Akmal Xolmurodov, Suhrob Berdiev va Filip Rayevaclar eng yaxshilar qatorida tilga olinib, televizor bilan taqdirlanishdi.

SHuningdek, “Istiqlol” jamoasi azolari – Doniyor Usmonov va Xayrullo Madaminovlar ham taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, “FarDU”, “Neftchi-2” jamoalariga ham televizor berildi.

Taqdirlanganlar qatorida musobaqani yoritib borgan – “Qo'qon-1912” matbuot xizmati ham bor edi.

Xullas, musobaqa mana shunday bayramona kayfiyatda yakuniga etdi. Farg'ona futbol federaciyasi yil boshida muxlislarga mana shunday quvonchli kunlarni taqdim etgani uchun minnatdorchilik izhor etamiz.

Keyingi yili mazkur turnirning nufuzi yanadada oshishiga ishonchimiz komil.

 

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

Final

“Qo'qon-1912-1” (Qo'qon) – “Istiqlol” (Farg'ona) – 2:0 (1:0)

Hakamlar: Olim To'ychiboev, SHoxruh Azamov, Qahramon Sobirov, Aziz Tolipov.

Nazoratchi: Erkin Oripov

Gollar: Suhrob Berdiev-27, 76.

“Qo'qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 4. Akmal Xolmurodov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov (19. Muhammadanas Hasanov-80), 15. Oybek Rustamov (70. Sobir Hamidov-84), 26. Bahodir Pardaev (28. Avaz Mamatxo'jaev-71), 29. Aleksandr Merzlyakov, 55. Murod Xolmuhammedov, 83. Nikola Valentich (5. Jalil Kimsanov-85), 90. Suhrob Berdiev, 99. Filip Rayevac (25. Andrey Sidorov-67).

Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 31. Darko Gojkovich.

“Istiqlol”: 89. Doniyor Usmonov, 2. Aziz Madaliev, 16. Karim Mamadaliev, 8. Akmali Rahimzoda, 11. Jamshid Hoshimov (19. Abduxoliq Qurbonov-77), 4. Xayrullo Madaminov, 6. Abdulla Jo'raboev (17. Doston Tursunzoda-72), 10. Davlat Yorbekov (13. Alisher Fayzullaev-59), 77. Hoshim SHokirov (9. SHarif Mirzaev-66), 15. Muhammadsulton Fozilov, 5. Bobur Aminjonov.

Zaxira: 12. Kazbek Ortiqboev, 3. Davron Qoraboev, 14. Doston Bobojonov.

Abror DEHQONOV

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Eng yaxshilar

Яндекс.Метрика