Farg'ona “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasida 15ta klub ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2017, 15:28
Yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan “Mashal” jamoasi Farg'ona “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasida qatnashadi.

Farg'ona “Viloyat Hokimi Kubogi-2017”da viloyatimizdagi Birinchi va Oliy liga vakillaridan tashqari Namangan viloyatidan “Navbaxor” va “Norin” jamoasi, Andijon viloyatidan “Andijon” va “Uzdongju” jamoasi va qo'shni Qirg'iziston Respublikasidan "Oloy" jamoalari ishtirok etadi.

Bahslar  27 yanvar kuni start oladi. Bizga berilgan ma'lumotlarga qaraganda, joriy yilgi musobaqada 15 ta jamoa ishtirok etadi. Bular,

1.“Neftchi”,
2.“Qo'qon-1912”,
3.“Navbahor”,
4.“Mashal” (Muborak),
5.“Oloy” (Qirg'iziston),
6.“Andijon”,
7.“O'z Dong Ju”,
8.“Norin”,
9.“Cementchi”,
10.“Yozyovon Lochinlari”,
11.“Istiqlol”
12.“Toshloq”.
13.“Neftchi-2”,
14.“Qo'qon-1912-2”
15.“Cementchi-2”,

Jamoalar qaysi guruhda o'rin olishi va uchrashuvlar jadvali yaqin orada o'tkaziladigan qur'a natijalaridan keyin ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz