"Faoliyatni tugatish haqida gapirishga hali erta" - Lyakazett
25 apr 2023 14:49
Yangiliklar


"Faoliyatni tugatish haqida gapirishga hali erta" - Lyakazett
Franciyalik futbolchi bu haqda o'ylamaslikka harakat qiladi.
"Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.
"Faoliyatni tugatish haqida gapirishga hali erta, ammo bu "Lion"da yuz berishi mumkin. SHartnomamga 2 yil qolgan bo'lsa ham, keyin nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz. Hozirda faoliyatim yakuniga yaqin emas deb o'ylayman. Umid qilamanki, mening hikoyam hali tugamadi", – dedi franciyalik futbolchi.
31 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar