So’nggi yangiliklar

08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  0 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  7 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  2 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1

Faoliyatida yuzdan ortiq gol urgan, hozir o'zbek futboliga umuman qiziqmay qo'ygan Farid Xabibulin bilan suhbat Yangiliklar

Faoliyatida yuzdan ortiq gol urgan, hozir o'zbek futboliga umuman qiziqmay qo'ygan Farid Xabibulin bilan suhbat

Bundan bir necha kun avval saytimiz orqali sobiq hujumchi Timur Iskanderov bilan uyushtirgan suhbatimizni o'quvchilarimiz xukmiga havola etgandik.

Endigi navbat yana bir sobiq futbolchi, bugungi kunda futbol jamoatchiligining deyarli yodidan ko'tarilib ketgan, futbolchilik davrida yuzdan ortiq gollarga mualliflik qilgan Farid Xabibulinga etib keldi. 

1967 yili Toshkent viloyatida tavallud topgan Farid Xabibulinni yoshi ulug' muxlislar juda yaxshi bilishadi. Jussasi kichik bo'lsada, tezlik va texnikasi xisobiga raqiblaridan ustunlikka erishishi orqali o'zidan iliq taassurot qoldirgan. Uchrashuv paytida hujumchiga zarur bo'lgan, joy tanlash bo'yicha ham Xabibulin juda aqlli xarakatlarni amalga oshirgan. Qaysi jamoada bo'lmasin doimo to'purarlar ro'yxatidan o'rin egallab kelgan. Malumot uchun, Xabibulin ilgari O'zbekiston Oliy ligasida “Kosonsoy, “Navbahor”, “Do'stlik”, “Qizilqum”, “Andijon”, “Metallurg”, “So'g'diyona” hamda “Dinamo” kabi klublarda faoliyat yuritgan. Uning ayni porlagan davrlari “Do'stlik” jamoasida o'tkazgan mavsumlariga to'g'ri keladi. Faridning 1997-2001 yillarda Toshkent viloyati jamoasi tarkibida to'liq 6 yil (!) faoliyat yuritgani ham so'zimizga isbot bo'la oladi. Ko'plab futbolchilarda bo'lgani kabi Xabibulinning faoliyatida ham yildan yilga pasayish kuzatila boshladi va u futbolchilik qismining so'nggi yillarini birinchi ligada o'tkazishga ham majbur bo'ldi. O'n yildan ortiqki, tajribali hujumchini futbol olamida uchratmay qo'ydik. Kuni-kecha uning yaqin do'sti orqali topishga muvaffaq bo'ldik. Xabibulinga qo'ng'iroq qilib, maqsadimizni aytganimizda, futbolchilik davridagi tortinchoqligi va kamtarligi tutib, avvaliga intervyu berishni istamadi. Qatiy turib, baribir uni ko'ndirishga erishdik.

- Ayrim futbolchi yoki murabbiylar ishsiz qolib ketishni istamasdan, matbuot orqali tez-tez chiqish qilib turishadi va bu orqali o'zlarini eslatib turishni durust deb hisoblaydi. Siz bilan esa umuman aksincha vaziyatni ko'rish mumkin. Naxotki matbuotda chiqish qilishni istamasangiz?
- (Kulib) Ochig'ini aytganda, futbolchilik paytimda ham jurnalistlar bilan kamroq muloqotda bo'lganman. Xayotda juda oddiy insonman. Kimlargadir qarab ularga o'xshash uchun intilmaganman. Xarakaterim shunday. Lekin shunchalik unutib yubormasdan, qo'ng'iroq qilib eslaganingizdan xursan bo'ldim. Siz bilan norasmiy suhbatimiz orqali oldingi yillarni esladim.

- Futbolchilik faoliyatingiz mobaynida bir qator nomdor klublarda o'ynadingiz. Sizni oxirgi marta birinchi liga ishtirokchisi CHirchiqning “Kimyogar” jamoasida o'ynaganingizni yaxshi eslaymiz. Bizningcha bu oxirgi klubingiz bo'lsa kerak?
- Yosh o'tib borgani sayin istaysizmi yo'qmi, tezlik pasayib asosan tajriba evaziga maydonda xarakat qilishingizga to'g'ri kelib qolarkan. “Kimyogar”da ham malum muddat o'ynadim. Keyin meni “SHo'rchi-Lochin”ga taklif etishdi. Voxaliklarning chorlovini qabul qilib, yoshim bir joyga borib qolgan paytda, narsalarimni yig'ishtirib, “SHo'rchi-Lochin”ga safiga borib qo'shildim. Nafaqat jamoa safida, balki chempionatda ham eng keksa o'yinchi bo'lganman adashmasam. SHunga qaramay maydonda yoshlardan qolishmaslikka intilardim. Sof hujumchi sifatida xarakat qilib, yarimta imkoniyatdan ham unumli foydalanishga urinardim. Maqtanishga yo'ymang-u, vaqti kelsa o'sha mavsumda xet-trik va poker qayd etgan o'yinlarim ham bo'lgan. Futbol o'ynash men uchun xobbiy edi. SHu bois roxatlanib o'ynardim.

- O'zbekiston chempionatida yuzdan ortiq gollar muallifi bo'lgan Farid Xabibulindek hujumchining futbolchilik faoliyati birinchi liganing o'rtamiyona jamoasida yakunlanishiga nima sabab bo'lgan?
- Vaqtida kuchli klublarda o'ynaganman. Lekin yosh o'tib borgani sari barqarorlikni ham yo'qotib borasiz. Bu esa o'z o'zidan faoliyatingizda pasayishni yuzaga keltiradi. Adashmasam “SHo'rchi” da 2007 yili o'ynadim. 40 yoshda ham bemalol yana o'ynashim mumkin edi. Lekin oxirgi jamoamda moliyaviy muammolar jiddiylashib ketdi. Boshqa klubdan chorlov bo'lishini kutib o'tirdim. Murabbiylar yoshlarga tayanishni istadi shekilli, hech kim xizmatimga extiyoj sezmadi. SHu tariqa taqdirga tan berib, futbolchilikni yakunladim.

- Futbolchilik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lganmi?
- Professional futboldagi faoliyatim 1989 yili boshlangan. Dastlabki jamoam Xalqabodning “Sohibkor”i bo'lgan. Keyinchalik ko'plab jamoalarda o'ynadim. Albatta, faoliyatimdan ko'nglim doim to'lganman. 1993-94-95 yillarda “Navbahor” bilan bronza medallarini qo'lga kiritganman. 1999-2000 yili “Do'stlik” tarkibida chempion bo'ldim. 2002 yili “Qizilqum” bilan yana bronza medallariga ega chiqdim. O'zbekiston chempionatida to'purarlik nasib etmagan bo'lsada, 100dan ortiq gol urgan goleadorlar ro'yxatidan o'rin olganimdan mamnun bo'laman.

- Qaysi hujumchilar bilan yaxshi tandem bo'lganman deb hisoblaysiz?
- “Navbahor”da Oleg SHackix bilan bir-birimizni juda yaxshi tushunganmiz. Keyin “Do'stlik”da yana bir to'purar Jafar Irismetov bilan tandem xosil qilganmiz. Bundan tashqari Ravshan Bozorovni ham alohida takidlagan bo'lardim.

- Butsalaringizni mixga ilganingizdan keyin qanday yumushlar bilan band ekanligingiz muxlislarni qiziqtirib kelmoqda?
- (Kulib) Hozircha uyda, karantin munosabati bilan dam olyapmiz. Ko'chaga chiqish yo'q. Agar jiddiy aytadigan bo'lsam, futbolchilikni yakunlaganimdan keyin ushbu sohada qolmadim. To'g'risi tayinli ish qilayotganim yo'q. Asosan uyda bo'lyapman. “Bunyodkor” faxriylar jamoasida tez-tez o'ynab turaman. U erda Azamat Abduraimov, Ravshan Bozorov singari sobiq o'yinchi do'stlarim bilan ko'rishib, yozilib kelaman.

- Murabbiylikka o'tishingiz uchun o'zingizda ishtiyoq yo'qmi yoki bunga boshqa sabablar bormi?
- Bilsizmi futbolchilik davrimda hech narsaga qiziqmasdan faqat futbol o'ynab yurganman. Institutda o'qib, oliy malumotli bo'lish yoki murabbiylik licenziyasiga o'qish bo'yicha o'ylamagan ekanman. SHu narsa hozir zararimga ishlamoqda.

- O'zbek futbolini kuzatib borsangiz kerak?
- Yo'q, umuman qiziqmay qo'yganman. Superligada kimlar qanday ishtirok etayotganidan xabardor emasman. Asosan Ispaniya va Angliya chempionatlarini ko'rib boraman xolos.

- Ko'plab futbolchilar o'yinchilik davrida kelajakni taminlab qo'yishga xarakat qiladi...
- “Do'stlik”da bitta Neksiya mashinasi bilan kvartira sotib olishim uchun 10 000 AQSH dollari ko'tarma puli berishgan. Eng katta rag'batni shu jamoada ko'rganman. Qolgan klublarda ham o'ynab kam bo'lmaganman. Mexnatimga yarasha haq to'lashgan. Faqat “Andijon”ni Hakim Fuzaylov boshqargan paytda klub rahbari vada qilingan pulni bermagandi. Aytingchi hozirda “Andijon”ni qaysi murabbiy boshqarmoqda?

- Yaqin-yaqingacha rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakov ustozlik qilib kelayotgandi. U ham karantindan oldin, o'z arizasiga binoan ishdan ketdi.
- Ha, tushunarli. Xomyakovni tanimayman. “Andijon”ni o'ziga yarasha ashaddiy ishqibozlari bor. Ular har qanday xolatda ham jamoani yolg'izlatib qo'ymaydi. (Kulib) Orif Mamatkazin “Andijon” uchun tug'ilgan va u jamoaga doim sodiq qoladi.

- Jamoaning sobiq to'purar hujumchisi Baxtiyor Hamidullaev o'tgan yili yoshlar jamoasiga murabbiylik qildi.
- Hamidullaev ham o'z vaqtida yaxshi hujumchi bo'lgan. Uning murabbiylik faoliyatiga omad tilayman. Karantin tugasa vodiyga borib kelishni rejalashtirganman. Aniqrog'i Namanganda qarindoshlarimiz bor. Ular bizni mehmonga taklif etgan. SHunda Andijonga ham borib, u erdagi tanishlaarim bilan uchrashib, salom-alik qilib kelmoqchiman.

- Futbolchilarning farzandlari ham ko'pincha otasini izidan borishga intiladi...
- Menda bitta o'g'il va bitta qiz farzand bor. O'g'lim futbolga qiziqmadi. U Rossiyada oliy dargohda tahsil olmoqda.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика